IUT matematika, fizika va ingliz tili kurslariga tanlov e’lon qiladi

IUT matematika, fizika va ingliz tili kurslariga tanlov e’lon qiladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilariga yozgi ta’tillarini foydali o‘tkazishni taklif etadi.

IUT umumta’lim maktablarining 9-10 sinflari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlaridan Tayyorlov kurslarini e’lon qiladi. Bu haqda universitet saytida xabar berilmoqda.

Mazkur kurslar tinglovchilarga kirish imtihonlari oldidan o‘z malakalarini oshirish, yozgi ta’tilni foydali o‘tkazish hamda universitet hayotini his qilish imkonini beradi. Shuningdek, tinglovchilar IUTda o‘tkaziladigan turli xil ta’lim tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yozgi kurs natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli tinglovchilar dastlabki saralashsiz bir yillik yoki ikki yillik tayyorlov kurslarining tinglovchilariga aylanadilar.

Tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘tish 2018 yilning 23 aprelidan 18 may kuniga qadar quyidagi sahifa orqali amalga oshiriladi. Shoshiling, joylar cheklangan!

20 may kuni matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tinglovchilarning bilim darajasini aniqlash uchun dastlabki imtihon o‘tkaziladi. Javoblar 27 may kuni e’lon qilinadi. Kurslar 2018 yil 4 iyundan boshlanadi.

Darslarning davomiyligi 1,5 soatni tashkil etib, haftasiga 3 marotaba o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 2899999 (ichki 0301) telefon raqami orqali murojaat qiling.