IUT talabalari Andijonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar

IUT talabalari Andijonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Andijon viloyatida “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar, deb xabar berilmoqda universitet saytida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgust kunidagi Farmoniga asosan mamlakatda “Xavfsiz shahar” loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Andijondagi mazkur loyihaning amalga oshirilishida Toshkent shahridagi Inha universitetining bir guruh talabalari ishtirok etishdi.

IUT talabalari tomonidan tashkil topgan “Fizmasoft” jamoasi ABL-Soft&SS hamda Smart-Base kompaniyalari bilan birgalikda yo‘l-harakati qoidalarining buzilishi va avtomobillarning raqamini aniqlash imkonini beradigan video fiksatsiya tizimini yaratishdi.

Loyiha doirasida Andijon shahrining yettita chorrahada kameralar o‘rnatildi. Hozirda tizim to‘rtta yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlay oladi.

Mazkur loyihada A’zamjon Raximjonov, Sherzodbek Tojimaxammatov, Elbek Xoshimjonov, Normurod Mamasoliyev, Dostonbek Oripjonov, Muxammadsher Shermamatov, Jasurbek Abdirozikov, Muslim Xoljurayev va IUT ning boshqa talabalari ishtirok etishdi.

IUT talabalari Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladigan loyihaning keyingi bosqichlarida ham ishtirok etishadi deb umid qilamiz.