IUT va Jahon banki “Digital CASA” loyihasi doirasida hamkorlik masalalarini muhokama etdilar

IUT va Jahon banki “Digital CASA” loyihasi doirasida hamkorlik masalalarini muhokama etdilar

Jahon banki missiyasi 2018 yilning 15 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar berilmoqda universitet saytida.

Missiya tarkibiga raqamli texnologiyalarda innovatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Yekaterina Gromova va mahalliy AKT mutaxassisi va Jahon banki maslahatchisi Sanjar Saidxodjayevlar bor edi.

Uchrashuv davomida xalqaro moliya instituti vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida Janubiy Koreya o‘quv dasturlari asosida “Kompyuter va dasturiy injiniring” hamda “Logistika” yo‘nalishlarida  mutaxassis tayyorlash bo‘yicha faoliyati bilan tanishdilar.

Shu bilan birga tomonlar “Digital CASA” loyihasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida loyihaning 4 komponenti doirasida hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar. Kutilishicha, loyiha o‘z faoliyatini O‘zbekistonda 2019 yilda boshlaydi.

“Digital CASA” loyihasining 4-komponenti raqamli tadbirkorlik, inson kapitali hamda raqamli ko‘nikmalar va boshqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

“Digital CASA” - Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini yagona raqamli xabga bog‘laydigan transchegaraviy telekommunikatsion tarmoqni yaratishga qaratilgan xalqaro loyihadir.

Bu loyiha dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlarga Internetdan foydalanishni takomillashtirish, shuningdek, ularning tranzit salohiyatini rivojlantirishi kutilmoqda. Uning asosida - Markaziy va Janubiy Osiyo - ikki mintaqa o‘rtasida optik tolali liniyani birlashtirish g‘oyasi yotadi. Dasturdan kutilayotgan natija allaqachon aniq - viloyat aholisi muqobil tarmoqlar orqali keng polosali hamyonbop Internetga kirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!