IUT va KSMCS matematikani rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilishadi

IUT va KSMCS matematikani rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilishadi

2018 yilning 30 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati (KSMCS) matematika sohasida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvni imzolashdi, deya xabar qilinmoqda universitet saytida.

Mazkur hujjat 2018 yilning 30 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida boshlangan Ikkinchi o‘quv-amaliy “Ajoyib matematika” festivali doirasida imzolandi.

Hujjatni IUT ning birinchi prorektori Cho Vu Sug va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati Prezidenti Kim Mun Su imzolashdi.

Kelishuv doirasida tomonlar talabalar va o‘qituvchilar orasida matematikani rivojlantirish borasida tashabbus va tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib oldilar. 

Shuningdek, O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati O‘zbekistondagi matematika o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha turli treninglarni o‘tkazishni rejalashtirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!