Ixcham smartfonlar: «Kichkina demang bizni…»

  •   DiMaX
  •  5318
  •  03.03.2017 18:23

Ixcham smartfonlar: «Kichkina demang bizni…»

Ishlab chiqaruvchilar mobil qurilmalarning ekrani kattaligi bo‘yicha poygalashayotgan bugungi kunda kichkina ekranli smartfon tanlash ham muammo. Ayniqsa, flagmanlardan qolishmaydigan xususiyatlarga ega ixchamroq devays kerak bo‘lsa… Hi-Tech Mail.Ru nashri xuddi shu jihati bilan qiziqtiruvchi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Keling, ularga bir nazar solamiz.

Apple iPhone SE

Ro‘yxatimizdagi eng kichkina smartfon – iPhone SE modelining korpusi bundan besh yil avval chiqqan iPhone 5 modelinikidek. Ekrani diagonali 4 dyuymgina bo‘lgan bu ixcham gadjet har qanday kaftda qulay o‘rnashadi.

Dizayni eskiroq bo‘lsa-da, uning ichi baquvvat: ikki yadroli Apple A9 protsessori, 2 GB tezkor xotira hamda 16 yoki 64 GB doimiy xotiraga ega. Bunaqa xarakteristikalari va ixcham ekrani bilan u juda tezkor ishlaydi, samaradorligi bo‘yicha faqatgina yangi iPhone 7’dan keyingi o‘rinda turadi. Tag‘in, iPhone SE modeliga eng zo‘r mobil kameralardan biri o‘rnatilgan, u har qanday injiq foydalanuvchining ham talablariga javob bera oladi.

Apple iPhone SE 16GB xususiyatlari:

Operatsion tizimi: iOS 9

Protsessori: Apple A9

Tezkor xotirasi: 2 GB

Ichki xotirasi: 16 GB

Kamerasi: 12 MP

Korpusining eni: 58,6 mm

Ekran diagonali: 4 dyuym

Samsung Galaxy A3 (2017)

Samsung’ning bu yangi modeli 4,7 dyuymli ekranga, suvdan himoya va tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Ixcham telefon ishqibozlari uchun Galaxy A3 2017 ham zo‘r topilma – kichkina ekran va aylanasimon burchaklar unga qulaylik bag‘ishlagan.

Bu smartfonning ekrani AMOLED texnologiyasi bo‘yicha ishlangan, HD sifatida, ammo 4,7 dyuym diagonal uchun shunisi ham yetarli. Ichiga esa sakkiz yadroli, 1,6 GGs chastotali Exynos 7870 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 2 GB, doimiy ichki xotirasi esa 16 GB sig‘imli. Xarakteristikalari o‘rtacha bo‘lsa-da, smartfonning asosiy vazifalarini juda tezkorlik bilan uddalaydi. Yana bir yoqimli jihati – Galaxy A3 2017 qurilmasi IP68 standarti bo‘yicha ishlangan, ya’ni, u chang va loydan qo‘rqmaydi, unda barmoq izi skaneri va Samsung Pay texnologiyasi bor.

Samsung Galaxy A3 (2017) xususiyatlari:

Operatsion tizimi: Android 6.0.16

Protsessori: Exynos 7870

Tezkor xotirasi: 2 GB

Ichki xotirasi: 16 GB

Kamerasi: 13 MP

Korpusining eni: 58,6 mm

Ekran diagonali: 4,7 dyuym

Sony Xperia X Compact

Sony kompaniyasi ixcham smartfon muxlislarini ham unutmasdan, har yili o‘z flagmanlarining kichkina versiyalarini chiqaradi. Xperia X Compact – yaponlarning eng yangi kichkintoy smartfoni. Ekrani atigi 4,6 dyuym, korpusining eni esa 65 mm.

Bu mittivoyning xususiyatlari ham chakkimas: «yuragi» – Qualcomm Snapdragon 650. U juda baquvvat, barcha o‘yinlarni bemalol «torta oladi». Sony Xperia X Compact tezkor xotirasi 3 GB, doimiysi esa – 32 GB. Korpusi plastikdan, turli didli kishilarga moslab marjon rangida, ko‘k, qora va oq ranglarda taqdim etilmoqda.

Sony Xperia X Compact xususiyatlari:

Operatsion tizimi: Android 6.0.1

Protsessori: Qualcomm Snapdragon 650

Tezkor xotirasi: 3 GB

Ichki xotirasi: 32 GB

Kamerasi: 33 MP

Korpusining eni: 65 mm

Ekran diagonali: 4,6 dyuym

Huawei Nova

Xitoy firmasi mitti smartfon tarafdorlari uchun maxsus chiqargan yangilik. Garchi uning ekrani uncha kichkina emas – 5 dyuym diagonalli bo‘lsa-da, uning atrofidagi gardish o‘lchami muhim – Huawei Nova modelida u yetarlicha nozik. Shuning evaziga gadjetning korpusi eni ham kichikroq ekranli raqobatchilariniki bilan taxminan bir xil.

Xitoyliklarning ta’kidlashicha, Nova – o‘rta darajadagi yaxshi smartfon. Uning dizayni chindan ham ajoyib – sifatli alyuminiy korpusi xuddi lyuks toifali telefonlarnikidek ko‘rinadi. Texnik xususiyatlari ham shunga munosib: sakkiz yadroli, 2,0 GGs chastotada ishlovchi Qualcomm Snapdragon 625 protsessori, 3 GB «operativka» va 32 GB doimiy xotira. Xotira kartasi uchun slot, barmoq izi skaneri, USB-C tirqishi ham bor.

Huawei Nova xususiyatlari:

Operatsion tizimi: Android 6.0 Marshmallow

Protsessori: Qualcomm Snapdragon 625

Tezkor xotirasi: 3 GB

Ichki xotirasi: 32 GB

Kamerasi: 12 MP

Korpusining eni: 69,1 mm

Ekran diagonali: 5 dyuym

Xiaomi Mi5

Kichkina smartfonlar ro‘yxatiga ekran diagonali 5,15 dyuym bo‘lgan qurilma uncha yarashmaydi, deb o‘ylashga shoshilmay turing. Xiaomi Mi5 displeyi atrofidagi gardishi o‘ta darajada yupqa, shuning evaziga korpusining eni ham Huawei Nova’niki bilan bir xil – atigi 69 mm! Burchaklarining aylanaroq shaklda ekanligi ham bu devaysga qo‘shimcha qulaylik baxsh etgan – uni kaftda ushlagancha, ekranning istalgan burchagiga barmog‘ingizni tekkiza olasiz.

Endi texnik xususiyatlariga kelsak, flagmannikidan qolishmaydi! Qarang-da: ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 3 GB tezkor xotira va 32 GB ichki xotira. Qo‘shimcha xotira kartasi o‘rnatish imkoni yo‘q, ammo bu smartfonning 64 va 128 GB xotiraga ega variantlarini ham topish mumkin. Yuqoridagilardan tashqari, Xiaomi Mi5 devaysida USB-C tirqishi hamda old tomonda joylashgan barmoq izi skaneri ham bor. Tasvirni optik barqarorlashtiruvchi hamda 4K sifatida video suratga oluvchi kamerasi bilan ham u egasini quvontira oladi. Yana bir jihati – Xiaomi Mi5 o‘tgan yilgi eng arzon flagman bo‘lgan.

Xiaomi Mi5 32GB xususiyatlari:

Operatsion tizimi: Android 6.0 Marshmallow

Protsessori: Qualcomm Snapdragon 820

Tezkor xotirasi: 3 GB

Ichki xotirasi: 32 GB

Kamerasi: 16 MP

Korpusining eni: 69,2 mm

Ekran diagonali: 5,15 dyuym

Xo‘sh, keltirilgan smartfonlardan birortasi yuragingizni «jiz» ettirdimi? Ularning «Malika» savdo markazidagi narxlarini ko‘rib, sotib olish, shuningdek, AliExpress’dan buyurtma qilish imkoniyati ham bor. Bu boradagi maslahatlarni esa +99897-999-62-65 raqami orqali bizning menejerimizdan olishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!