Iyul oyining ikkinchi yarmida butun O‘zbekiston bo‘ylab 66 ta obyektda UZMOBILE GSMning 180 ta yangi baza stansiyalari ishga tushirildi!

Iyul oyining ikkinchi yarmida butun O‘zbekiston bo‘ylab 66 ta obyektda UZMOBILE GSMning 180 ta yangi baza stansiyalari ishga tushirildi!

"O‘zbektelekom" AK Uzmobile filiali antenna-machta inshootlari qurilishini va yangi baza stansiyalarini ishga tushirish ishlarini davom ettirmoqda. Bundan tashqari, qishloq joylarida ko‘plab yangi ob’ektlarni foydalanishga topshirmoqda.

Iyul oyining ikkinchi yarmida, ya’ni 15 dan 31 iyulgacha O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 2G, 3G va 4G texnologiyalaridan foydalangan holda 180 ta yangi UZMOBILE GSM baza stansiyalari foydalanishga topshirildi. Hammasi bo‘lib, 2019 yil iyul oyida 147 ta ob’ektda 390 ta yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, UZMOBILE CDMA tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 4 ta ob’ektda 1x va EVDO texnologiyalaridan foydalangan holda 8 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi va bitta texnologik uskunada 3G texnologiyasidan foydalangan holda "Mini (AtomCell)" so‘nggi qurilmalari o‘rnatildi.

Abonentlarimizning iltimosiga binoan, biz UZMOBILE GSM tarmog‘ining yangi baza stansiyalarini o‘rnatish joylarini ma’lum qilamiz:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 
• Qo‘ng‘irot tumani, Ajeniyaz APJ hududida 
1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.
• Nukus shahri, Qizketken MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

Andijon viloyati:
• Paxtaobod tumani, Guzar MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Asaka tumani, Qovoqtupi MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Baliqchi tumani, Xo‘jabod QFY, Buloqboshi MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Andijon shahri, Andijon savdo majmuasi hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Shahrixon tumani, Sardor QFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Shahrixon tumani, Chinobod ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Paxtaobod tumani, Qashqar MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Oltinko‘l tumani, Jalabek QFY, Dalvarzin MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Baliqchi tumani, Chinobod QFY, Zakkosh MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Marhamat tumani, Marhamat QFY, X.Vosiliy MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;

Buxoro viloyati:
• Jondor tumani, Buxoro-Nukus avtomagistralining 150-km hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

Jizzax viloyati:
• G‘allaorol tumani, Jiydali QFY, Juma qishlog‘i hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Sharof Rashidov tumani, Qo‘shbarmoq QFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• G‘allaorol tumani, Ko‘kbuloq QFY, Sayfinota qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• G‘allaorol shahrii, Mustaqillik ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Do‘stlik tumani, Bog‘zor QFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Jizzax shahri, Sangzor mahallasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.
Qashqadaryo viloyati:
• Shahrisabz shahri, Kulollik MFY hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Chiroqchi tumani, Uymovut MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.
• Qarshi tumani, Hilol qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.
• Koson tumani, Oqtepa qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.
• Koson tumani, Obod qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Koson tumani, Chiroqchi qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.
• Qarshi tumani, Kerayit qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;

Namangan viloyati:
• Mingbuloq tumani, Damko‘l MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Uchqo‘rg‘on tumani, Kayki QFY, Uzun ko‘cha MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Uchqo‘rg‘on tumani, Kayki QFY, Bog‘ko‘cha MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Kosonsoy tumani, Qorasuv MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Yangiqo‘rg‘on tumani, Iskovot QFY, Yangiobod MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Namangan shahri, 5-Ko‘zgu ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.
• Namangan tumani, Sherbuloq MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Namangan shahri, Axsi ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Namangan shahri, A.Xo‘jayev ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Uchqo‘rg‘on shahri, Mustaqillik ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;

Samarqand viloyati:
• Samarqand tumani, Bo‘zi MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Payariq tumani, Boshqo‘rg‘on MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.
• Qo‘shrobod shahri, Ziyo ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Payariq tumani, Guliston MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Bulung‘ur tumani, Bo‘dana MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Samarqand shahri, Navoiy shox ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Samarqand shahri, 235-ATS hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Kattaqo‘rg‘on tumani, Jumaboy MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;

Surxondaryo viloyati:
• Sherobod tumani, Oqko‘prik qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.
• Boysun tumani, To‘da qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.
• Jarqo‘rg‘on tumani, Obuz a/p hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Sherobod tumani, Bog‘iobod mahallasi hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

Toshkent viloyati:
• O‘rtachirchiq tumani, Paxtakor QFY, Beshboy MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Yangiyo‘l tumani, Sho‘ralisoy QFY, Darxon MFY hududida 
1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Ohangaron tumani, Oybuloq MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Keles shaharchasi, General G‘ofurov ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Bo‘stonliq tumani, Qoramanas qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;

Toshkent shahri:
• Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Shayxontohur tumani, Eski Juva bozori hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Uchtepa tumani, Izza mavzesi hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko‘chasi hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Mirzo-Ulug‘bek tumani, Feruza massivi hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;

Farg‘ona viloyati:
• Quvasoy tumani, Qo‘chqorchi QFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Rishton tumani, Beshkapa MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Quva tumani, Qandabuloq MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Quvasoy shahri, Guliston MFY hududida 1 ob’ektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari;
• Uchko‘prik tumani, Kamar MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;
• Dang‘ara tumani, Katta boybucha MFY hududida 1 ob’ektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari;
• Quva tumani, Turkravot MFY hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi;

Xorazm viloyati:
• Yangibozor tumani, Uyg‘ur qishlog‘i hududida 1 ob’ektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi xizmatlarning sifatini oshirishga hamda aloqa hududini yaxshilashga imkon beradi, shuningdek yanada tezkor mobil Internet texnologiyalarini joriy etadi.

O'QING: Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!