Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha elektron xizmat joriy etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha elektron xizmat joriy etildi

Daryo.Uz‘ning yozishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida shu yilning 20 iyunidan boshlab «Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishning elektron xizmati» joriy etildi. Bu haqda «Daryo»ga universitet matbuot xizmati xabar qildi.

JIDUga kirish uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni universitet veb-sahifasi («Uwed.uz») orqali topshirish zarurati tug‘ilganda, abituriyent saytning maxsus oynasi orqali («Uwed.uz.admission2016») to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet rektori nomiga ariza yozishi va chop etib, universitet qabul komissiyasiga o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi mumkin.

Скрин: Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети матбуот хизмати

Skrin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti matbuot xizmati

Bundan tashqari, JIDUning magistratura ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlarini topshirayotgan abituriyentlar endilikda faqatgina rektor nomiga arizani elektron tarzda to‘ldirib, chop etish bilan chegaralanib qolmay, balki barcha hujjatlarini ham shu yilning 1 iyulidan elektron tarzda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Joriy etilgan yangi xizmat hujjat qabul qilish jarayonida navbat paydo bo‘lishiga, ota-onalarning to‘planib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik va ayniqsa viloyatlarda, universitetdan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.

Ilgariroq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavriatiga hujjatlarni elektron shaklda topshirish» elektron xizmatining dastlabki loyihasi ishga tushirilgan edi. Loyiha muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng bunday tizim mamlakatdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!