Jahon Mobil Kongressi: 2016 yilning eng yaxshi smartfonini qarshi oling

Jahon Mobil Kongressi: 2016 yilning eng yaxshi smartfonini qarshi oling

27 fevral 2 mart kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Mobil Kongressida 200 dan oshiq davlatdan 100 mingdan ziyod ishtirokchi va 2,2 mingdan oshiq texnologiya ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdilar. 2017 yilning 2 mart kuni GSMA — GSM mobil tarmog‘i operatorlari assotsiatsiyasining an’anaviy Glomo Awards 2017 tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda mobil aloqa texnologiyasining eng yaxshi ishlanma va innovatsiyalari e’tirof etilib, 2016 yilning g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovda Samsung kompaniyasi Galaxy S7 Edge mobil aloqa vositasi uchun “2016 yilning eng yaxshi smartfoni” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

Samsung’ning texnologik «shoh asari» deya nom olgan Galaxy S7 Edge 2016 yilda ishlab chiqarilgan va biror e’tirozga uchramagan muvaffaqiyatli «aqlli telefon». U 2016 yilda kompaniyaning jahon smartfon bozorida peshqadamligini ta’minlagan.

Galaxy S7 Edge diagonali 5.5 dyuym, QHD-sig‘imli, SuperAMOLED matritsa ekranga ega. Gadjetning operativ xotirasi 4 GB, doimiy xotira 32/64 GB bo‘lib, qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 200 GB.gacha fleshkani qo‘llab-quvvatlaydi. Devaysga 8 yadroli, chastota tezligi 1.8 GGs bo‘lgan Exynos 8890 protsessori, MALI T880 MP12 videokarta (ba’zi mintaqalarda Qualcomm Snapdragon 820) o‘rnatilgan. Telefon korpusi suv hamda chang ta’siriga bardoshli.

Batafsil o‘qing:

Galaxy S7 EDGE: Samsung’ning texnologik «shoh asari»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.