Trillion dollari bor qudratli kompaniya qachon paydo bo‘lishi aytildi

Trillion dollari bor qudratli kompaniya qachon paydo bo‘lishi aytildi

Trillion dollarni sonlarda tomosha qiling: 1,000,000,000,000. Tarixda bu qadar boylikka ega bo‘lgan na shoh yoki na biror imperator bo‘lgan emas. 

Ayni paytda buncha pulni jamg‘arish uchun jahondagi eng boy 37 ta odamning boyligini umumlashtirishga to‘g‘ri keladi. Yaqin yillargacha ham buncha mablag‘ga egalik qiladigan odam yoki kompaniyani tasavvur qilish qiyin edi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan jahonda ilk trillioner kompaniya paydo bo‘lmoqda.

Apple keyingi oyda taqdim qiladigan 3 ta flamanlar jahon smartfon bozoriga $900 — $1,100 dollar narxida chiqariladi. Bular jahonning eng qimmat smartfonlaridan bo‘lishadi. Bu esa "Olma" korporatsiyasiga ilk trillion AQSh dollarini ishlab olish imkonini beradi.    

MarketWatch tahliliy kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone taqdim qilingach, avvalgi modellarga bo‘lgan ehtiyoj tushib ketadi. Apple so‘nggi chorakning o‘zida kenja flagmanlaridan ham yaxshigina daromad ko‘rdi: $56 mlrd. dollar.  

Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, "ajdodlari"dan tubdan farq qiluvchi iPhone 8 kompaniya tarixidagi keyingi eng yaxshi sotiladigan smartfon bo‘ladi va bir yil ichida Apple uning orqasidan jahonning trillioner kompaniyasiga aylanadi.

RBC Capital tadqiqotchisi Amit Daryanani yangi ayfonlarga bo‘lgan talabning oshishi natijasida Apple aksiyalari bahosi $32-35 dollarga qimmatlashishini aytmoqda. Natijada, korporatsiya qimmatli qog‘ozlarining narxi $160 dan $192-195 dollarga ko‘tariladi.

Ekspertlarning fikricha, bundan keyin "sun’iy aql" texnologiyasi har qanday kompaniya uchun trillion dollar ishlashning eng tez va oson yo‘li bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!