Jahonning eng qimmatbaho 8 ta mobil telefoni

Jahonning eng qimmatbaho 8 ta mobil telefoni

 

Qo‘l telefoni – turmush tarzimizda muhim ahamiyatga vosita. Yaqinda Hindistonda sotila boshlagan 3 dollarlik smartfon narxi bizni qanchalik hayratga solgan bo‘lsa, ming-ming dollar turadigan mobil aloqa vositalarining qimmatligi ham shunchalar g‘alati tuyilishi mumkin.

Bugun zamonamiz kishilarida smartfonlardan foydalanishga bo‘lgan ishtiyoqdan ham kattaroq ishtiyoqni ko‘rish mushkul. Smartfon misoli inson hayotiga olib boruvchi bosh darvoza: uning yordamida egasi haqida barcha narsani bilib olish mumkin.

Quyida sizga dunyoning eng qimmat hisoblangan qo‘l telefonlari haqida ma’lumotni bayon qilamiz.

  1. iPhone Princess Plus

iPhone Princess Plus smartfonining Apple’ning boshqa ayfonlaridan u qadar ham ustun texnik jihatlari yo‘q.

Ushbu smartfonning tashqi bezagi va qo‘shimcha dizayni avstriyalik mashhur dizayner Piter Aloyssonga tegishli. Jahonning eng qimmat smartfoniga 17.75 karat tosh bosadigan 318 ta olmos yordamida hasham berilgan. Uning gardishi uchun 18 karat (1 karat oltin – 200 mlg) oltindan foydalanilgan.

Dizaynerning qayd etishicha, mobil qurilma uchun eng sifatli olmoslar tanlab olingan bo‘lib, smarton narxi $ 176.400 AQSh dollarini tashkil qiladi.

  1. Vertu Signature Diamond

Serhasham va qimmatbaho qurilmalar yaratuvchisi hisoblangan Vertu’ning bu mobil apparati ham qisqa muddatda nom qozongan. Vertu Signature Diamond gadjeti platina metalidan yasalga bo‘lib, uni texnika emas, inson qo‘li yaratgan.

Qurilmaga 200 dona olmos bilan bezak berilgan bo‘lib, gadjetning narxi $ 88,000 dollar.

  1. BlackDiamond VIPN smartfoni

Sony Ericsson’ning Black Diamond smartfoni ham eng qimmat telefon apparatlari o‘ntaligidan joy olishga ulgurgan.

Uning qimmatbaho va o‘ziga xos dizaynini singapurlik dizayner Yaren Gox yaratgan.

Polikarbonat oyna va LED texnologiyasida ishlab chiqarilgan displey misoli ko‘zguni eslatadi.

Ammo uning eng qimmat jihati navigatsiya tugmasi o‘rnida hamda qurilmaning orqa tomoniga o‘rnatilgan ikkita olmosdir. Ushbu mobil apparatning bahosi $300,000 dollar.

  1. Vertu Signature Cobra

Vertu Signature Cobra o‘z nomi bilan aytib turibdiki, kobra iloni himoyasida ishlaydi. Ya’ni, uning korpusi tashqi tomondan kobra ilonining maketi bilan o‘rab olingan.

Gadjetning bu dizayni bir necha asrlik tarixga ega fransiyalik zargarlar avlodining Boucheron kompaniyasi tomonidan 2008 yilda ishlab chiqilgan.

Qurilma qimmatbaho toshlar, olmoslar, 2 dona zumrad va 439 dona yoqut toshlari bilan bezatilgan.

Signature Cobra apparatining narxi $310,000 dollar.

  1. Gresso Luxor Las Vegas Jackpot

2002 yildan boshlab qo‘l ishiga asoslangan, lyuks sinfiga mansub qo‘l telefonlari va aksessuarlar ishlab chiqaradigan Gresso kompaniyasi tomonidan mazkur telefon Shveysariyada ishlab chiqarilgan. Bu mobil apparat ilk marotaba 2005 yilda va keyin 2010 yilda qayta namoyish qilingan.

Qurilma $1 million dollarga baholangan. Unda foydalanilgan 45.5 karatlik qora olmoslar, 17 ta 32 karatlik ko‘k yoqutlar sabab uning narxi juda yuqori. Telefonning orqa korpusi uchun 200 yoshli Afrika qora yog‘ochidan, shuningdek ingichka ramkasi uchun 180 gramm toza oltindan foydalanilgan.

  1. Diamond Crypto smartfoni

Ushbu smartfon Rossiyaning Ancort kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u Windows CE operatsion tizimiga ega.

Smartfon dizayni taniqli dizayner Piter Aloysson tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu raqamli san’at namunasining narxi 1.3 million AQSh dollariga baholangan.

Sababi, smartfon 50 dona olmos, och-pushti oltin yordamida beqiyos zeb-ziynatga ega bo‘lgan. Bu toshlarning 10 donasi kamyob hisoblangan ko‘k olmoslardir.

Smartfonning aksari detallari, xususan klaviaturasi toza platinadan ishlangan. Qurilmada o‘g‘irlanishdan va boshqa turdagi texnologik tovlamachiliklardan himoya qilingan.

  1. GoldVish Le Million

Goldvish “Le million”’ning “qiyofasi” ko‘plab hashamdor soatlarni va zargarlik buyumlariga bezak bergan taniqli dizayner Emmanuel Geyt ijodiga mansub.

Serhasham va qimmatbaho bu mobil apparati Shveysariyaning GoldVish Luxury Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2006 yilda Kann shahridagi Millionaire Fair ko‘rgazmalar zalida $1.3 million dollarga sotiladi va 2006 yilda Ginnes rekordlari kitobiga kiritiladi.

Uni bezash uchun 18 karat oltin, korpusi uchun 20 karat oliy navli WS1 olmoslaridan foydalanilgan.

  1. iPhone 3G Kings Button

Avstriyalik tinib-tinchimas dizayner Piter Aloyssonning yana bir topilmasi bo‘lmish iPhone 3G Kings Button aloqa vositasi 2,41 million dollar narxi bilan jahondagi eng qimmat smarftonlar uchligidan o‘rin olgan.

Smartfonda 138 dona olmos, xususan 6.6 karatlik oq olmosdan asosiy tugma sifatida foydalanilgan. Uning korpusi uchun 18 karat sariq, pushti, va oq oltindan foydalanilgan.

 3.Samsung W2015

Ikki blokli mobil apparatlar hali ham urfdan qolgani yo‘q. Samsung hanuz ana shunday telefonlarni ishlab chiqarmoqda. Xususan, 2014 yilda taqdim etilgan qimmatbaho Samsung W2015’ning narxini aqlga sig‘dirish nisbatan oson.

Mobil fonning o‘lchamlari 121.3×62.9×5.9 mm, og‘irligi 187 gramm bo‘lib, ikkala displeyining har biri 3.7 dyuymli. Ularning piksel sig‘imi 1,024×768. U 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 801 SoC protsessorida, Android 4.4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma 16 MP orqa va 3.7 MP old kameralarga ega.

Qurilma narxi  $2450 dollar.

2.Lamborghini 88 Tauri

Lamborghini avtomobilini eslatadigan smartfonga nima deysiz? Bu smartfon italiyalik oliy darajadagi, qimmatbaho mobil qurilmalar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Tonino Lamborghini Group tomonidan 2013 yilda taqdim etilgan.

2 SIM-kartali Tonino Lamborghini 88 Tauri 1080×1920 piksel sig‘imli 5 dyuymli ekran, 20 MP kamera, 3 Gb operativ xotira, Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, 64 Gb tashqi xotiraga ega. Smartfon og‘irligi 170 gramm.

Qurilma sotuvga chiqarilishi zahoti ishlab chiqarilgan 10 ming apparatdan 7 mingtasi sotilib ketadi.

Smartfonning qimmatbaho ekanini buzoq terisidan ishlangan turli rangdagi charm g‘ilof, po‘lat qobiq va o‘ziga xos dizayn bilan izohlash mumkin.

Smartfon narxi $6,000 dollar.

  1. Dior Reverie

Moda olamida yetakchi bo‘lgan Dior’ning nufuzi 2012 yilda taqdim etilgan smartfondan so‘ng yanada oshib ketdi.

Christian Dior modalar uyining bu smartfoni uchun 1,539 dona olmosning bahridan kechilgan. Unga 18 karat oq oltin, 46 ta sadaf toshi bilan zeb berilgan. Telefon multitach 3.2-dyuymli LCD ekran bilan ta’minlangan.

Mobil apparat narxi $116,000 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!