Jahonning eng serdaromad smartfonlari reytingi

Jahonning eng serdaromad smartfonlari reytingi

Apple uzoq vaqt mobaynida smartfon savdosidan tushadigan umumiy foydaning asosiy qismiga egalik qilib kelgan. Counterpoint kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, iPhone X smartfonidan kelib tushayotgan foyda smartfon bozorida sotilayotgan barcha Android smartfonlar daromadidan ham yuqori ekan.

Ekspertlarning tasdiqlashlaricha, mazkur flagman model Apple korporatsiyasiga boshqa 600 ta Android smartfon ishlab chiqaradigan brendlar oladigan daromaddan 5 karra ko‘proq daromad keltirmoqda. Birgina iPhone X savdosidan kompaniya oladigan daromad jahon smartfon savdosining 35 foizini tashkil qiladi.

O‘qing: Roskomnadzor Facebook Rossiyada qachon bloklanishini aytdi

Shuningdek, tadqiqotchi kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2017 yilning so‘nggi choragida eng yuqori daromad keltirayotgan smartfonlar reytingidagi "kuchli o‘nlik"dan Apple ishlab chiqarayotgan 8 ta gadjet o‘rin olgan. Apple ishlab chiqarayotgan eski modellar ham hanuz smartfon bozorida yaxshi sotilmoqda.

Shu bilan birga, jahonning eng serdaromad smartfonlari safida iPhone 8 (19,1% ulush), iPhone 8 Plus (15,2%), iPhone 7 (6,2%) hamda iPhone 7 Plus (5%), Samsung Galaxy Note 8 (3,9%), iPhone 6 (1,8%), Galaxy S8 Plus (1,7 foiz ulush), iPhone 6S (1,6%), iPhone SE (0,9%) kabi mobil aloqa vositalari bor.

Counterpoint hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning birinchi choragida qimmat smartfonlar bozorida o‘sish kuzatilmagan. Shuningdek, Apple eng ko‘p foyda ko‘radigan brend bo‘lib qolmoqda. U mobil aloqa vositalari bozoridagi foydaning 86 foiziga egalik qilmoqda.

O‘qing: Jahonning eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!