Jahonning taniqli smartfon brendi Xitoyni tark etmoqda

Jahonning taniqli smartfon brendi Xitoyni tark etmoqda

Jahon ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi Xitoyning smartfon bozorini tark etish tadorigini ko‘rmoqda.

Tayvanning Daum News axborot portalining ma’lum qilishicha, LG’ning so‘nggi G6 flagmani Xitoy bozorida sotilmaydi. Strategy Analytics tadqiqot muassasasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida LG  ulushi  0,1%ni tashkil qiladi. Shu bois bobil telefonlar biznesidagi inqiroz hamda Xitoydagi o‘rnining yo‘qolib borayotganini payqagan koreyalik ishlab chiqaruvchi  Xitoyni tark etadi va brendning bu qarori kompaniya iqtisodiyotiga u qadar ham katta zarar yetkazmaydi.

LG buning o‘rniga o‘zining flagmanlari uchun Janubiy Koreya, AQSh, Yevropa kabi mamlakatlarda marketingni rivojlantirishga diqqatini qaratadi. Misol uchun, 2016 yilda LG’ning Amerika smartfon bozoridagi ulushi 15,5%ni tashkil qilgan. Ya’ni, bu AQShdagi uchinchi peshqadam brend degani. Shuningdek, LG Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarining smartfon bozorlarida sotilgan “aqlli telefon”larning 9,3%ini yetkazib bergan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!