Janubiy Koreya Google’ga kartografik ma’lumotlarni taqdim etmaydi

Janubiy Koreya Google’ga kartografik ma’lumotlarni taqdim etmaydi

Janubiy Koreya hukumati Google kompaniyasining kartografik ma’lumotlardan mamlakat tashqarisida foydalanish yuzasidan berilgan so‘rovini Shimoliy Koreya bilan aloqador ziddiyatlar sabab rasman rad etgan. 3D News saytining yozishicha, Google Janubiy Koreyaga qarashli kartografik ma’lumotlarni o‘z servislari orqali ushbu mamlakat hududida piyoda va avtomobillarni oson navigatsiya bilan ta’minlash maqsadida dunyoning turli burchaklaridagi serverlarga joylamoqchi bo‘lgan.

Avvalroq Janubiy Koreya rasmiylari agar qidiruv giganti o‘zining sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘liq servislaridan rejimli ob’yektlarning suratlarini o‘chirsa, yuqoridagi so‘rovga ijobiy javob berishini ma’lum qilishgan edi. Biroq Google mazkur shartga rozilik bermagan. Janubiy Koreyaning yer, transport va dengiz ishlari vazirligi agar Google kompaniyasi qo‘yilgan shartlarni bajarishga rozilik bersa, ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishini bildirgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!