Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbarini hibsga olish uchun order berdi

Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbarini hibsga olish uchun order berdi

Janubiy Koreyada kuzatilgan siyosiy inqiroz tufayli mamlakatdagi ba’zi taniqli shaxslar korrupsiya ayblovi bilan prokuratura tomonidan so‘roq qilindi. Eng qizig‘i shundaki, ushbu shaxslar orasida Samsung kompaniyasining joriy rahbari Li Je Yon ham bor.

Bloomberg nashrining yozishicha, Janubiy Koreya prokuraturasi endilikda Samsung rahbarini hibsga olish uchun order taqdim qilgan. U turli iqtisodiy amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarilishi uchun mamlakat prezidentining dugonasi Choy Sun Silga qarashli fondlarga 25 mln dollar mablag‘ o‘tkazishda gumon qilinmoqda. Li Je Yon qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda.

48 yoshli Li Je Yon nafaqat Janubiy Koreyadagi, balki jahondagi eng boy shaxslardan biri hisoblanadi. Manbalarda yozishilicha, mamlakat tarixidagi ro‘y bergan ushbu eng yirik korrupsion mojaroda Janubiy Koreyadagi taniqli biznesmenlar va davlatning eng yuqori pog‘onasidagi amaldorlar ayblanmoqda. Hatto yuzaga kelgan mazkur mojaro tufayli prezident Pak Kin Xega nisbatan inpichment e’lon qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!