JBL Smartbase – simsiz zaryadlash funksiyasiga ega avtomobil dok-stansiyasi

JBL Smartbase – simsiz zaryadlash funksiyasiga ega avtomobil dok-stansiyasi

AQShning Harman kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida JBL Smartbase nomli avtomobil dok stansiyasini namoyish qildi.

Gadjet avtomobil torpedasiga o‘rnatiladi, unga Bluetooth orqali smartfonni ulagan holda Google va Apple assistentlari yordamida ovoz bilan boshqarish imkoniyati mavjud. JBL Smartbase simsiz zaryadlash texnologiyasini (Qi) qo‘llab-quvvatlaydi, ikkita shovqinni bloklaydigan (VoiceLogic Noise va Echo Noise Cancellation) karnaylar bilan jihozlangan, bu esa smartfon orqali ovozli boshqaruvni yanada osonlashtiradi.

Qurilma uchun 12 Voltli rozetka talab etiladi, dinamiklar kuchlanishi 5 Vt. Og‘irligi 580 gramm atrofida.

JBL Smartbase dok stansiyasi tez orada 200 dollar narxida sotuvga chiqadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!