Yil oxirida jahonda mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 mlrdga yetadi

Yil oxirida jahonda mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 mlrdga yetadi

Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bozori bo‘yicha yangi statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda 3Dnews xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda mobil internetdan foydalanuv jadal taraqqiy etib bormoqda. Xususan, so‘nggi besh yil ichida harakatlanuvchi keng polosali aloqa uchun shartnomalar soni yiliga kamida 20 foizdan o‘sib borgan. 2017 yil oxiriga borib jahon bo‘yicha mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 milliardga yetadi.

Ayni vaqtda, fiksatsiya qilingan keng polosali aloqa uchun shartnomalar soni so‘nggi besh yilda har yili 9 foizdan o‘sgan bo‘lib, o‘sish sur’ati taxminan 330 million shartnomani tashkil etgan.

Qayd etishlaricha, 2013-2016 yillar oralig‘ida jahon bo‘yicha internetdan foydalanish narxlari kamida ikki barobar arzonlashgan. E’tiborli tomoni, aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda mobil internet simli internetdan nisbatan arzon.

Tadqiqotlar jahonda 15-24 yosh oralig‘idagi yoshlarning internetdan foydalanish ko‘rsatkichlari o‘sib borayotganini ko‘rsatdi. Nisbatan kam rivojlangan mamlakatlarda internet foydalanuvchilarning 35 foizgacha bo‘lgan qismini 15-24 yosh oralig‘idagilar tashkil etadi.

Rivojlangan davlatlarda bu yosh toifasidagi internet foydalanuvchilarining ulushi 13 foiz atrofida, jahon bo‘yicha esa mazkur ko‘rsatkich 23 foizdan oshmaydi. Birgina Xitoy va Hindistonning o‘zida 320 million nafargacha yoshlar internetdan foydalanadi.

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari raqamli farqni qisqartirib, barcha uchun ochiq raqamli iqtisodiyotning vujudga kelishiga yordam bergani holda, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi XEI hisobotida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.