Yirik tadqiqot saraton va mobil qurilma o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi

Yirik tadqiqot saraton va mobil qurilma o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi

Kalamushlarni mobil aloqaga teng radioto‘lqin ta’siri ostiga tushirilib nazorat qilingan ko‘p yillik tadqiqot shundan darak beradiki, u haqiqatda ham saratonning paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin. Bundan avvalgi izlanishlarda olimlar buni isbotlay olishmagandi, deb Kun.Uz yozmoqda.

AQSh hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan Milliy toksikologik dastur tadqiqotchilari tirik organizmlarga radioto‘lqinlar ta’sirini o‘rganib chiqib, ta’kidlashmoqda: sinov ostidagi kalamushlarda o‘simta paydo bo‘lish holatlari kamdan-kam, asosan nar kalamushlarda uchragan. Tadqiqot davomida ikkita kasallik ko‘p qayd etilgan: miya gliomasi va yurak sohasidagi shvannomalar (asab tolalari o‘simtasi).

“Barcha yoshdagi foydalanuvchilar uchun mobil aloqaning butun dunyo bo‘ylab keng tarqalishi, radioto‘lqin ta’sirida paydo bo‘luvchi kasalliklar chastotasining o‘sishi inson salomatligi uchun juda katta xavf tug‘dirishi mumkin”, – deydi olimlar The Wall Street Journal’iga bergan ma’lumotida.

Jonivorlarda kuzatilgan u yoki bu ta’sirning biologik effekti insonlarda ham shubhasiz kuzatiladi degani emas, albatta. Shunchaki Milliy toksikologik dasturning 25 million dollarga tushgan tadqiqoti mobil telefonlardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar orasida eng keng qamrovlisi bo‘lib, u insoniyat tarixdagi eng yirik tadqiqotlardan biri hisoblanishini anglab yetish muhim.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!