Jizzax davlat pedagogika instituti rasmiy saytida abituriyentlar uchun yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi

Jizzax davlat pedagogika instituti rasmiy saytida abituriyentlar uchun yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi

Jizzax davlat pedagogika instituti 2016/2017 o‘quv yili uchun abituriyentlarning test imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binosini aniqlash bo‘yicha yangi interaktiv xizmatni ishga tushirdi, deb Uz24.Uz yozmoqda.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun abituriyentlar JDPIning rasmiy veb saytiga tashrif buyurishlari mumkin. Bunda mazkur interaktiv xizmatdan foydalanuvchilar  o‘z ism, familiya va otasining ismini kiritgan xolda  guruhi, test o‘tkaziladigan bino va uning manzili haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xizmatga ushbu havola orqali o‘tish mumkin. Aniqlashda muammolar yuzaga kelgan taqdirda institutning e’lonlar taxtasidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz joriy yilda test sinovlari institutning 2 ta binosidan tashqari, 2ta akademik litsey, Jizzax shahridagi 21 ta, Jizzax tumanidagi 9 ta maktab va 6 ta  kollej jami 40 ta binoda o‘tkazilishi kutilmoqda. Institut qabul komissiyasi tomonidan 25 834  nafar abituriyentdan hujjat qabul qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!