Joriy etilishi kutilayotgan innovatsion 10 ta mobil texnologiya

Joriy etilishi kutilayotgan innovatsion 10 ta mobil texnologiya

Jahon Mobil Kongressida yaqin kelajakda smartfon sanoatida tatbiq etilishi kutilayotgan ko‘plab texnologiyalar ham namoyish qilindi. Ularning aksariyatining faoliyati 5G aloqa tarmog‘i bilan hamohang. Quyida 10 ta eng dolzarb mobil innovatsiyalar bilan sizni tanishtiramiz.

Spektroskopiyali skanerlar

Bu texnologiya oziq-ovqatning tarkibi va uning yaroqliligini aniqlaydi. H2 mana shunday texnologiyaga ega jahondagi ilk smartfon. U Xitoyning Changhong kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Unda oziq-ovqat molekulasini skaner qiluvchi SCiO nomli sensor bor. Mo‘’jazgina spektrometrdagi infraqizil nurlar meva, sabzavot, go‘sht, sut mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ichimlikdagi spirt miqdori, dori-darmonlar tarkibini, hattoki yog‘ miqdorini aytib beradi.

Odamlarning virtual yordamchilari

Ultratovush orqali endi odamlar texnologiya bilan masofadan turib aloqaga kirishadilar. Misol uchun, displeylarga barmoqni tekkizmasdan turib, ulardan foydalanish mumkin bo‘ladi. 2013 yilda ish boshlagan Ultrahaptics namoyish qilgan «touchless» texnologiyasi tashqi olamdagi muhitni tahlil qilish, misol uchun yo‘llardagi avtomobil va yo‘lovchilarning harakatlanish oqimini boshqarishi mumkin. Foydalanuvchi jarohat olganida unga tez yordam chaqirishi, zarur maslahatlar berishi mumkin. Shuningdek, bu kabi yordamchi sizga boshqa “aqlli qurilma” va “aqlli uy” tizimlarini boshqarishga yordam beradi.

2016 yilda shunga o‘xshash ultratovush texnologiyasi Xiaomi Mi Mix smartfonida oraliq-masofani aniqlash datchigining muqobili sifatida o‘rnatilgan edi.

Yorug‘lik to‘lqini orqali yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish

LiFi texnologiyasi to‘g‘risida avval ham yozgan edik. MWC 2017 anjumanida bu nazariy qarashlarni amalda ko‘rish mumkin bo‘ldi. Uni Edinburgning pureLiFi kompaniyasi namoyish qildi.

Ular orasida LiFi-X texnologiyasi diqqatga sazovor. Uning yordamida infraqizil yorug‘lik to‘lqinlari yordamida elektron qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish mumkin.

Loyiha doirasida yangi texnologiya LED lampalarining keyingi avlodi hisoblangan Velmenni Jugnu aqlli chiroqlarida sinab ko‘rilmoqda. Ya’ni, Li-Fi simsiz aloqa texnologiyasida ma’lumot yetkazuvchi vosita sifatida an’anaviy radiochastotalardan emas, aqlli chiroq yorug‘ligidan foydalaniladi. Aqlli chiroq maxsus ilova yordamida qurilmalar bilan aloqa o‘rnatadi.

“Live 360” TV-translyasiyasi

Modomiki, kelajakda futbol o‘yinlarini virtual voqelik ko‘zoynagi yordamida uyda, go‘yoki maydonda o‘tirgandek ko‘rish imkoni bor ekan, stadionga borishning nima hojati bor? Hatto bu texnologiya sizga stadionning xohlagan nuqtasida o‘tirish imkonini beradi. Boisi buning uchun sizga stadionda o‘rnatilgan, o‘yinni yoritib borayotgan 360 dona kamera yordam beradi.

Bu texnologiya Nokia tomonidan taqdim qilindi. Unda ilk marotaba sinov tariqasida yozib olingan «Tottenxem Xotspur» va “SSK Moskva” jamoalarining 2016 yildagi щyinlari yozib olingan virtual jarayon namoyish qilindi. 5G tarmog‘ida futbol o‘yinini real vaqt rejimida tomosha qilishning zavqi maydondagi shavqdan kam bo‘lmaydi.

Bluetooth’li Aleksa

Amazon’ning Alexa shaxsiy yordamchisi kelajakdagi barcha smartfonlarda tatbiq etiladi. Hatto, uni Wi-Fi yordamida barcha turdagi elektronika mahsulotlarida ishlatish mumkin.

Shu vaqtga qadar protsessorlarning bu turdagi Bluetooth texnologiyani qo‘llab-quvvatlamasligi uni joriy qilish bilan bog‘liq yagona muammo edi. Endi esa Qualcomm kompaniyasining “Bluetooth Audio-on-chips” texnologiyasi yordamida Alexa’ni smartfonlarda joriy qilish mumkin. Bu degani Alexa endi Qualcomm CSR8670 va CSR8675 chiplari o‘rnatilgan vositalar, naushniklarda, kolonka, eshitish moslamalarida ishlaydi. Uning dasturiy ta’minoti Sensory va Rubidium tomonidan ishlab chiqarilgan.

5G yordamida 8K sig‘imli videolar Realtime VR‘ida

Mobil texnologiyalar kelajagi bevosita video tarmoqlar bilan bog‘lanadi. Odamlar 5G tezligi hisobiga ovozli va audioli suhbatlarni unutib yuborishadi. Shuni inobatga olgan Intel “8K Live VR” texnologiyasini namoyish qildi.

8K sig‘im juda katta hajm degani. Intel kompaniyasi Nokia’ning OZO 360-degree kamerasida olingan ayni payt aloqa tarmoqlari uchun juda katta hajmga ega bo‘lgan suratlarni sinov tariqasida 5G tarmog‘ida almashib ko‘rsatib berdi. Bu — kelajak texnologiyasi!

Dasturiy ta’minotga asoslangan radio tizim

Smartfon yordamida o‘z radiostansiyangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishga nima deysiz? Dasturiy ta’minotga asoslangan radio tizim — dasturiy ta’minot yordamida radiochastota parametrlarini o‘rnatish yoki o‘zgartirish, shuningdek chastota diapazonini va boshqa jihatlarni o‘zgartiruvchi radio to‘lqin uzatuvchi yoki qabul qiluvchi mitti radiopriyemnik. Uning yordamida yuqori chastotali radio to‘lqinlar tarqatish orqali radio tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu texnologiya Cambridge Consultants muassasasi tomonidan taqdim qilindi.

 

Barmoqlar uchun aqlli virtual tugmalar

tapdo texnologiyasi sizning barmoq izlaringizdan aqlli qurilmalarni ishlatishda foydalanadi.

Deylik, siz bir nechta elektronika vositalaridan foydalanasiz. Ularning har birini masofadan turib boshqarish mumkin. Kelajak smartfonlarida buni amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruv ilovalari ko‘payadi. Soatni eslatuvchi tapdo devaysiga turli barmoqlarni bosish orqali TV, avtomobil yoki elektron seyflarni ochishingiz mumkin. tapdo qurilmasi mobil telefon bilan Bluetooth LE yordamida ulanadi. Smartfondagi maxsus ilova uydagi boshqa aqlli qurilmalar bilan aloqa o‘rnatadi. Natijada, ularni masofadan boshqarish mumkin.

AR & VR texnologiyasi uchun ishoralar

MWC 2017’da katta qiziqish bilan kutib olingan navbatdagi texnologiya – kengaytirilgan voqelik texnologiya (AR) hamda real voqelik texnologiyasi (VR)ning smartfonlar bilan imo-ishoralarga asoslangan aloqasini o‘rnatishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘ldi. Uning Shvedsiyaning  Crunchfish kompaniyasi taqdim qildi. AR texnologiyasining aqlli ko‘zoynaklari foydalanuvchining qo‘l harakatlariga ko‘ra aloqaga kirishadi.

Shuningdek, yangi VR texnologiyasining shlemi (bosh kiyimi) qo‘l harakatlari bilan 360 gradusli veb-qidiruvlarni amalga oshirish imkonini ham beradi. Joriy yilning fevral oyida Crunchfish kengaytirilgan voqelik texnologiyasi orqali bevosita elektron o‘yinlarni o‘ynash innovatsiyasiga patent olishga muvaffaq bo‘lgan.

Biggerpan’ning “aqlli brauzer” texnologiyasi

Fransiyaning Biggerpan kompaniyasi jahonning ilk aqlli veb-qidiruv tizimini namoyish qildi. Ulli deb nom olgan brauzerdan ayni paytda iOS tizimida foydalanish mumkin. U smartfonni bir qo‘lda tutgan holda internetdan foydalanish imkonini beradi. Undagi ‘sehrli tugma’ foydalanuvchining nima qidirmoqchi ekanligini oldindan taxmin qilib yordamga keladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.