Joriy yilda O‘zbekistonga qayerlardan va nechta muzlatgich olib kelingan?

  •   DiMaX
  •  450
  •  18.09.2020 16:58

Joriy yilda O‘zbekistonga qayerlardan va nechta muzlatgich olib kelingan?

Kuni kecha biz 2020 yilning sentyabrigacha yurtimizga xorijdan kirib kelgan smartfonlar haqida ma’lumot e’lon qilgan edik. Davlat statistika qo‘mitasi endi shu kungacha O‘zbekistonga import qilgan muzlatgichlar miqdori haqida ham xabar berdi.

O‘QING: Smartfonlar va sovuq harorat — bilishingiz kerak bo‘lgan haqiqat

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 22,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 162 mingdan ziyod muzlatgichlar import qilingan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil 25 783 dona kam muzlatgich xarid qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 21ta davlatdan muzlatgich import qilgan. Import ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (71 ming dona), Rossiya Federatsiyasi (59,5 ming), Indoneziya (8,5 ming), Vetnam (8,3 ming) va Belarus Respublikasi (4,7 ming) mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019 yili qiymati 754,5 mlrd. so‘mlik 502 ming dona muzlatgich ishlab chiqarilgan.

O‘QING: Muzlatgichda mahsulotni uzoq saqlash sirlarini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.