Jurnalistning "qilmishi" dunyoning eng boy odamlaridan biriga juda qimmatga tushdi!

Jurnalistning

Shu yilning 20 dekabr New York Times gazetasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i haqida chop etilgan maqola ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Hattoki, bu xabar mashhur ijtimoiy tarmoq qimmatbaho qog‘ozlarining 7,2% pasayishiga olib keldi. Bu haqda “business.ru” nashri yozmoqda.

New York Times jurnalistlari Facebook foydalanuvchilarining ma’lumotlarini 150 dan ortiq kompaniyalar: Netflix, Spotify, Sony, Amazon, Microsoft, Apple,Yandex va boshqa shu kabi kompaniyalarga yetkazib berishda ayblashgan.

Facebook vakillari bu xabarni inkor etishganiga qaramay, kompaniya aksiyalari 133,24  dollarga tushib ketdi. 2018 yil umumiy hisobida aksiyalar 22% ga tushib ketgan.

Bu xabar Mark Sukerbergga qimmatga tushdi. Bloomberg millarderlar ro‘yxatida mojorodan oldin to‘rtinchi o‘rinni egallagan mashxur Facebook asoschisi, hozirda reytingning 7 o‘rinidan joy olgan.

Oldin ma’lum qilganimizdek, 2018 yilda daromadi 18,7 million dollarga kamaygan Facebook asoschisi Forbes talqini bo‘yicha “omadsiz millarderlar” reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi.

O‘QING: Boyga balo urarmidi: Facebook asoschisi «asosiy omadsizlar» ro‘yxatidan joy oldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.