«Kamolot» YoIH Toshkent shahar Kengashi yangi fototanlov e’lon qildi

«Kamolot» YoIH Toshkent shahar Kengashi yangi fototanlov e’lon qildi

«Kamolot» YoIH Toshkent shahar Kengashi “Shirintoy bolajon” fototanlovini e’lon qiladi. Fototanlov «Kamolot» YoIH Toshkent shahar Kengashi tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi va Toshkent shahar xokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 35 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Fotosuratlar mamlakatimizda bolajonlarga berilayotgan yuksak e’tiborni, bolajonlarning sog‘lom turmush tarzidan lavhalarni, yosh avlodning ta’limda, sportda va ijtimoiy sohalarda erishayotgan yutuqlarini yoritib bermog‘i lozim.

Fotosuratlarda faqat 14 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar va ularning ota-onalari aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari fotosuratlarni «Kamolot» YoIH Toshkent shahar Kengashining Facebook va Instagram sahifasiga joylashlari kerak bo‘ladi. Joylangan fotosuratlar tarmoq foydalanuvchilari tomonidan baholab boriladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan 20 ta fotosurat asosida joriy yilning dekabr oyida “Shirintoy bolajon” nomli galereya tashkil etiladi. Ushbu suratlar orasidan hakamlar hay’ati bahosiga ko‘ra 3 ta o‘rin g‘oliblari aniqlab olinadi va galereya ochilish kunida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Asosiy sovrin zamonaviy planshet.

Fototanlovning qolgan shartlari va nizomi bilan tashkentcity.kamolot.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Tanlovga ijodiy ishlar 2016 yilning 1 noyabridan 1 dekabriga qadar [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi. Ma’lumot uchun telefonlar +99871 232-1911 +99897 752-9700.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!