Kamxarj shahar loyihasi

Kamxarj shahar loyihasi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida yangi turar joy kompleksi foydalanishga topshirildi. Ushbu kvartaldagi ko‘p qavatli binolarning barchasi elektr energiyani qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan oladi.

Bir qarashda Xollberxeten ham boshqa kvartallardan farq qilmaydi. Biroq, diqqat bilan nazar solinsa, bu yerdagi shamol turbinalari, quyosh batareyalari, avtomobillarni zaryadlashga mo‘ljallangan maxsus uskunalar e’tiborni tortadi.

Arxitektorlarning so‘zlariga ko‘ra, quyosh pannellari orqali jamlangan elektr energiya barcha xonadonlardagi maishiy texnikaning uzluksiz ishlashi uchun yetadi.

Shuningdek, kvartiralar ichidagi har bir xonaga termostatlar o‘rnatilgan. Ular yordamida havo harorati talabga ko‘ra me’yorlashtiriladi va har bir texnik qurilma uchun qancha elektr toki sarflanayotgani kuzatib boriladi.

Uylardagi barcha chiroqlar ham avtomat tarzda, ya’ni odam xatti-harakatini inobatga olgan holda ishlaydi. Shahar ma’muriyati, 2030 yilga qadar Malmyodagi barcha uylarni qayta tiklanadigan energiya manbaalariga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

3

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!