Kartografiya: xaritashunoslikning ham o‘z tarixi bor

  •   Saroy
  •  2778
  •  31.07.2018 15:15

Kartografiya: xaritashunoslikning  ham o‘z tarixi bor

Insoniyat har doim xaritaga ehtiyoj sezgan. Yuz yillar avval dengizchilar va sayyohlar materiklarning joylashuvini, ko‘plab orollarni, yirik daryolarni va tog‘larni qog‘ozlarga tushirishgan. 20 asr boshlarida dunyo xaritasida «ochilmagan» joy qolmadi, shunga qaramay, aksariyat ob’yektlarning joylashuv joyi aniq ko‘rsatilganiga ishonch yo‘q edi.

XVI asr xaritasi shunday ko‘rinishda edi: Frensis Dreykning dunyo bo‘ylab sayohati, materiklarning chizmasiga e’tibor qiling

Xaritshunoslik rivojlanishidagi yangi bosqichni joylarni  osmondan suratga oish boshlab berdi, keyinroq esa, yo‘ldosh tizimidan olingan  saratlar qo‘l kela boshladi. Nihoyat odamlar ming yilliklar muammosini hal qildilar — eng yuqori aniqlikdagi  xaritani yaratdilar. Hatto o‘shanda ham muammolar oxirigacha hal bo‘lmagandi.

Nafaqat yo‘ldosh tizimda olingan suratlarni, balki masalan, faqat mahalliy xalq biladigan ma’lumotlarni ham qayta ishlaydigan vosita zarur edi. Natijada OpenStreetMap (OSM)  hamda Wikimapia xizmati paydo bo‘ldi. Keling haqiqiy olam qanday qilib xaritaga aylanishi va raqamlashishi bilan batafsilroq tanishamiz.

Joyni fiksatsiyalash

Ilk xarita bundan ming yillar avval yaratilgan. Albatta, ular hozirgi xaritalarga umuman o‘xshamagan. Ular  daryo, dengiz tog‘ cho‘qqilari va boshqa shunga o‘xshash joylarning past baland chizmalari edi. Yaqinda Madridning bundan 14 ming yil avvalgi xaritasi topildi, u ham xuddi shunga o‘xshash egri bugri chiziqlardan tashkil topgan xarita edi.

Keyinroq kompas, teleskop, sekstant va boshqa navigatsiya asboblari ixtiro qilindi va ular yordami bilan Buyuk jo‘g‘rofiy kashfiyotlar davrida minglab jo‘g‘rofiy ob’yektlarni o‘rganish va qog‘ozga aniq tushirish imkoni paydo bo‘ldi.  Bunga yorqin misol tariqasida  Xuan de la Kosaning xaritasini keltirish mumkin, xaritada 1500 yil  qayd etilgan. Ayniqsa, o‘tgan ming yillikning o‘rtalari xaritashunoslikning gullagan davri deb hisoblanadi. Taxminan o‘sha davrlarda asosiy xaritashunoslik proyeksiyalari, matematik usullar va xarita qurilishi tamoyillari paydo bo‘lgan. Lekin baribir, aniq xarita yaratish uchun  bular hali yetarli emas edi.

O‘QING:Apple iPhone SE’ni qayerda yig‘ish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

 Xuan de la Kosa xaritasi, 1500 yil. Unda yangi dunyoning ilk chizgilari mavjud

Xaritashunoslikning yangi bosqichi joylarni topografik suratga olish, keyinroq havodan turib rasmga olish bilan boshlandi. Yetib borish qiyin bo‘lgan joyning rasmi ilk bor 1910 yilda samolyot bortidan olindi. Joy havodan turib suratga olingandan keyin tasvir deshifrovkasining  murakkab jarayoni boshlanadi. Har bir ob’yektni bilish, sifat va son tavsifini aniqlash va shundan keyin natijalarni qayd qilish lozim. Tushinarli qilib aytganda, uchta asosiy faktorni hisobga olish kerak bo‘ladi: tasvir optikasi, uning geometriyasi hamda kenglikdagi joylashuvi

Undan keyin joyning relefini yaratish bosqichi boshlanadi. Buning uchun konturli-kombinirovkali va  stereotopografik usuldan foydalaniladi. Geodeziya asboblari yordamida eng avvalo joyning asosiy balandligi aniqlanadi, keyin rasmda jug‘rofiy ob’yektning gorizontali tushiriladi. Ikkinchi usulda ikki rasm bir-biriga shunday yuzma-yuz qo‘yilib, natijada go‘yo joyning uch o‘lchamli tasviri paydo bo‘ladi, keyin asboblar yordamida  balandlikning yakuniy aniqligi tushiriladi.


XX asrda aerofotosuratga olishning  paydo bo‘lishi yanada aniqroq xarita chizish va joylarning releflarini ham hisobga olish imkonini berdi

Sun’iy yo‘ldoshdan surat olish

Hozida aerofotosuratga olish dolzarbligini yo‘qotmoqda. Uning o‘rnini Yerga masofaviy zondlashtirilgan  yuldoshlar egallay boshladi. Sputnikdan suratga olish zamonaviy xaritashunoslik oldida yanada keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Releflar haqidagi ma’lumotlardan tashqari, yo‘ldoshdan olingan suratlar stereotasvirni tushirish, joyning raqamli modelini yaratish, aralash hamda deformatsiya bo‘lgan ob’yektlarni aniqlash va hokazolarda qo‘l kelmoqda.   

Yo‘ldoshlarni shartli ravishda oddiy va o‘ta yuqori formatga ajratish mumkin. Tabiiyki, tayga yoki okeanni fotosuratga olish uchun juda sifatli fotografiya shart emas, lekin ma’lum bir hududni yoki yo‘ldosh oldiga qo‘yilgan vazifani aniqlash uchun, o‘ta yuqori formatda fotosuratga olish juda muhim. Shunday yo‘ldoshlarning ayrimlari  sifatida, masalan, Lansat va Sentinel’larni keltirish mumkin.  Ular atrof-muhit holatini  va xavfsizligini kenglik o‘lchami 10 metrgacha aniqlik bilan o‘rganishga javob beradi.

O‘QING:O‘zbekistonda ishlab chiqilgan 10 ta foydali mobil ilova

Yo‘ldosh suratlari davri xaritaning aniqlik formatini 10 metrgacha yetkazdi

Yo‘ldoshlar doimiy ravishda ma’lumotlar terabaytini bir nechta spektrda uzatadi: ko‘rinish, infraqizil va boshqalarda. Inson ko‘zi uchun ko‘rinmaydigan ma’lumotlar spektri releflarning o‘zgarishini, atmosfera holatini, okeanlarni, yong‘inlarning paydo bo‘lishini va hatto qishloq xo‘jaligi ekinlarning rivojlanishini ham kuzatib borish imkonini beradi.

Yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarni bevosita ularning egalari yoki rasmiy distribyutorlar qabul qiladi va qayta ishlaydi, masalan DigitalGlobe, Airbus Defence and Space va boshqalar. Global Land Survey (GLS) ning Landsat loyihasidan olingan   ma’lumotlari asosida ko‘plab turli xizmatlar yaratildi.  Landsat yo‘ldoshlari  1972 yildan buyon real vaqtda butun yerning suratini yaratadi. Aynan ushbu loyiha barcha xaritasozlik xizmati uchun kichik masshtabdagi xaritalarni loyihalashda ma’lumotlarning asosiy  manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Yo‘ldoshlardan olingan suratlar  yer yuzasining borcha joylari haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi, biroq odatda kompaniyalar suratni alohida hududlar yoki opsional ma’lumotlar uchun  sotib oladilar. Aholisi zich bo‘lgan hududlarning tasviri detallashtiriladi, kam aholi istiqomat qilayotgan hududlarning  esa umumiy ko‘rinishi, past formatda suratga olinadi. Bulutli hududlarni yo‘ldoshlar kerakli natijaga erishmagunga qadar bir necha bor suratga oladi.

Joylarni yo‘ldoshlardan  suratga olish va o‘lchashlar asosida vektorli xarita yaratiladi va  u qog‘ozda nashr qilish bilan shug‘ullanayotgan yoki kartografiya xizmatini ko‘rsatuvchi (Google Maps, Yandeks.Karti) kompaniyalarga sotiladi. Yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar asosida mustaqil ravishda xarita yaratish juda murakkab va qimmat turadigan mashg‘ulot, shu sababli korporatsiyalar  Google Maps API yoki Mapbox SDK  asosidagi tayyor yechimlarni sotib oladi va o‘zlarining xaritasoz xodimlari tomonidan takomillashtiradi.

Yo‘ldosh suratlari va OpenStreetMap muammolari

Nazariy jihatdan, vektor xaritani yaratish uchun yo‘ldoshdan olingan surat va grafika tahriri yoki xizmati yetarli bo‘ladi, chunki ular yordamida barcha ob’yektlarni tasviriga qarab chizish mumkin. Amalda esa bunday emas: amalda yer  yuzasidagi haqiqiy ob’yekt  raqamli ma’lumotlardan har doim bir necha metrga farq qiladi.

Farqlanish sababi shuki, barcha yo‘ldoshlar suratni katta tezlikda Yerga nisbatan burchak ostida oladi. Shu bois keyingi paytlari ob’yektlarning joylashuvini aniqlash uchun foto va videodan, hatto avtomobillar trekingidan foydalanishmoqda. Shuningdek, hududning aniq xaritasini yaratish uchun optokorreksiya ham juda muhim, u yo‘ldosh orqali burchak ostida olingan suratni mutlaqo vertikal tasvirga aylantiradi.

Yo‘ldosh orqali olingan kartografiya ma’lumotlari, qo‘l rejimida korreksiya qilishni talab etadi

Bu hali aysbergning kichkina bir cho‘qqisi, xalos. Yangi bino qurildi, daryoda kechuv joyi paydo bo‘ldi, o‘rmonning bir qismi kesilib ketgan — bularning barchasini yo‘ldosh suratlari orqali  amalda tez va aniq bilib olish mumkin emas. Ana shunday paytda  OpenStreetMap (OSM) va shu tamoyilda ishlaydigan boshqa tizimlar  yordamga keladi.

OSM — 2004 yilda yaratilgan notijorat loyiha bo‘lib, global jo‘g‘rofiy xarita yaratish uchun ochiq maydon hisoblanadi. Har qanday odam agar xohlasa, u surat aniqligi bo‘ladimi,  GPS-trek, videoyozuv yoki oddiygina mahalliy aholining bilimini  oshirish bo‘ladimi,  o‘zining hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega. Ushbu ma’lumotlar va yo‘ldosh orqali olingan suratni bir-biriga solishtirib, imkon qadar haqiqatga yaqin xarita yaratiladi. Qandaydir tomondan OSM  Vikipediyaga ham o‘xshab ketadi, chunki u yerda ham dunyoning har burchagidan turib odamlar bepul bilimlar bazasini yaratish uchun mehnat qilmoqda.

Xohlagan foydalanuvchi o‘zi mustaqil ravishda xaritani tahrir qilishi mumin, keyin esa loyiha xodimlari ushbu o‘zgartishni ko‘rib chiqadi tasdiqlagandan keyin, yangilangan xarita hamma uchun ochiq bo‘ladi. Xaritani yaratishning asosi sifatida  GPS-treklar va  Bing, Mapbox, DigitalGlobe kompaniyalarining yo‘ldosh tizimi orqali olgan suratlari foydalaniladi.

Xaritashunoslik loyihasining ochilishi istagan odamga  loyihaga qo‘shilish imkonini beradi

Yo‘ldosh tizimida olingan suratga ob’yektni qo‘shib qo‘yish yoki olib tashlash uchun geoma’lumotlar kerak bo‘ladi.  GPS-qabul qiluvchi yordamida ob’yekt bo‘ylab imkon qadar ko‘proq nuqtalarni yozish kerak (yo‘l, qirg‘oq chegarasi, relsli yo‘llar va hokazo),  keyin esa uni yo‘ldoshdan olingan suratga joylashtirish kerak. Geopozitsiyaga tikilgan turli ob’yektlarning nomlarini e’lon qilish bilan  Yelp, TripAdvisor, Foursquare va bir qancha boshqa kompaniyalar shug‘ullanadi. Ular bu yangiliklarni o‘zi mustaqil ravishda OpenStreetMap va Google Maps’ga joylashtiradi.

Xulosa

Taraqqiyot bir joyda turib qolmaydi, albatta. Xaritashunoslik ham bundan mustasno emas. Hozirdanoq mashinali ta’lim va neyron tarmoqlar asosida servislar yaratilayapti, ular  mustaqil ravishda ob’yektlarni qo‘sha oladi, aholi zich joylashgan hududlarni aniqlaydi va xaritani tahlil qila oladi. Hozircha bu tendensiya yaqqol ko‘zga tashlanayotgani yo‘q, ammo yaqin kelajakda, odamlarga xaritani OSM’da tahrir qilishning keragi bo‘lmay qoladi. Xaritashunoslarning ta’kidlashicha, kelgusida xaritalar avtomatik ravishda yaratiladi, ya’ni mashinali nigoh ob’yektni santimetrigacha aniqlik bilan modellashtira oladi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.