Kasperskiy laboratoriyasi: “2015 yilda 17 millionta virus tashuvchi mobil ilova yo‘q qilindi”

Kasperskiy laboratoriyasi: “2015 yilda 17 millionta virus tashuvchi mobil ilova yo‘q qilindi”

Kompaniya mobil qurilmalarga uyushtirilgan hujumlarga oid statistikani e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2015 yilda:

2 961 727 ta o‘rnatishga mo‘ljallangan zararli dasturiy ta’minot paketlari;

884 774 ta zararli yangi mobil ilovalar (2014 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p!);

7 030 ta bank-moliya tizimini ishdan chiqaruvchi Trojan-Banker mobil viruslari aniqlangan.

Kiber hujumlar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan yo‘nalishlar:

foydalanuvchi mustaqil o‘chira olmaydigan zararli ilovalarning ko‘payishi;

Ilovalar funksiyalarini kuchsizlantiruvchi viruslarning ko‘payishi;

RansomWare zararli dasturiy ta’minot dasturlarining ko‘payishi;

Tajovuzkor va behayo dasturlar reklamasining ko‘payishi;

iOS tizimiga qaratilgan kiber viruslar sonining keskin oshishi.

Zararli dasturlar mualliflari ular yordamida asosan o‘z “qurbonlari”ning hisobidan daromad ko‘rishni maqsad qilishgan. Zararli dasturlar mualliflari mobil qurilmasi kodlangan foydalanuvchidan 12-100 AQSh dollarigacha mablag‘ talab qilish holatlari ko‘paymoqda.

Ayniqsa, 2015 yilda aniqlangan 7030 ta bank-troyanlari Windows-troyan zararli dasturlari yordamida bank-moliya tizimlariga kirib olib, bank va mijoz o‘rtasidagi bank tranzaksiyalarini amalga oshirishga yordam beradigan mTAN – ikkitomonlama parollarni o‘g‘irlash holatlari ham ko‘p uchramoqda.

Ko‘pchilik bank-troyanlari mobil qurilma bosh menyusidagi bankning haqiqiy ilovalarini yopib tashlab, o‘rniga xuddi shunga o‘xshash, soxta ilovani o‘rnatadi. Shu orqali foydalanuvchi virus mualliflariga o‘zi bilmagan holda maxfiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu kiber jinoyatchilikning “fishing” turi hisoblanadi.

Trojan-SMS.AndroidOS.OpFake.cc va Trojan-Banker.AndroidOS.Acecard kabi eng xavfli viruslar 100 dan oshiq bank va moliya ilovalarining interfeysini, serverlar boshqaruv tizimini buzib kirishi mumkin.

Misol uchun, Trojan-SMS.AndroidOS.FakeInst.ep. zararkunanda ilovasi Google Wallet orqali pul to‘lovlarini amalga oshirishni taklif qiladi va ma’lumotlar kiritilmasa ilova oynasi yopilmaydi. Ma’lumot kiritilishi bilan virus bank ma’lumotlarini o‘g‘irlaydi va mualliflarga taqdim qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!