«Kechayu kunduz dasturlash bilan shug‘ullanardim». Bill Geytsning biznes qoidalari

  •   Saroy
  •  756
  •  15.10.2018 10:26

 «Kechayu kunduz dasturlash bilan shug‘ullanardim». Bill Geytsning biznes qoidalari

Microsoft asoschisining sun’iy intellekt, kompyuter fani va nega nolni sehrli raqam deb hisoblashi haqida.

Hurpaygan sochlar, yuzda sepkillar, beso‘naqay ko‘zoynak — Bill Geytsni ko‘rgan kishi uni xuddi o‘rta maktabda qolib ketgandek tasavvur qiladi.  Shunday bo‘lsa-da, 1994 yilda uning boyligi 9,35 milliard dollarni tashkil etdi va davlatmand kishilarning hamyoniga qarashni yaxshi ko‘radigan Forbes nashrining tuzgan reytingi bo‘yicha u AQSh boylarining ichida birinchi o‘ringa chiqdi. Shundan buyon qatorasida yana 14 yil birinchilikni hech kimga bermadi. Microsoft  korporatsiyasi tashkil etilgandan keyin bir yil o‘tib, shaxsiy kompyuterlar dunyosini butunlay o‘zgartirib yuborgan inqilobiy Windows 95 operatsion tizim yaratildi. O‘shanda yozuvchi Duglas Kouplend «Maykrosoft qullari» nomli kitobini yozdi. Unda korporatsiyaning oddiy xodimi Geytsni haqiqiy daho sifatida tasvirladi. Yana ikki yildan keyin, Moskva talabalari bilan uchrashuvda, Geyts ularga yaqin orada  har kuni kamida ikki soatni internetda o‘tkazishini aytgandi. Uning bashorati o‘z isbotini topganini esa nafaqat talabalar, balki qariyb butun dunyo ahli ko‘rib turibdi.

Geytsni bir umr monstr-monopolist sifatida ayblab kelishdi, ammo u allaqachon Microsoft korporatsiyasining boshqaruv kengashini tark etgan va hozirda hayriya tadbirlari bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nolishda ham u o‘zining tashabbuslarini, yangi g‘oyalarini  namoyon qildi. 2009 yilda u Uoren Baffet bilan birga Giving Pledge kompaniyasini tashkil etdi. Ushbu kompaniyaning falsafasi davlatmand odamlar o‘z  boyligining kamida yarmini odamlarga xayriya sifatida tarqaiishi kerak. Bugungi kunda Giving Pledge’ga 184 kishi qo‘shilgan. Quyida Forbes jurnali XX asrning eng yirik kompaniyalaridan biriga asos solgan shaxsning odamlarni befarq qoldirmaydigan yorqin iboralarini keltiradi.

Bill Geyts turmush o‘rtog‘i Melinda bilan

Ishni boshlaganimizda Pol Allen va men o‘z oldimizga shunday maqsadni qo‘ygan edik – har bir uyda, har bir stolda kompyuter tursin. Bu juda tavakkal qarorlardan edi va ko‘plar bizni, yigitlarning aqli joyidamas, deb o‘ylashdi. Shundan buyon kompyuterlar qanchalik rivojlanib ketgani kishini hayratga soladi. Shunday ekan biz ushbu inqilobda  Microsoft’ning o‘rni borligidan faxrlanamiz.

Ishonchim komilki, kompyuterlar evolyusiyasi yaqin o‘n yilda avvalgi yillarga qaraganda ham tez sur’atlar bilan kechadi. Biz  hozir multiplatformali dunyoda yashamoqdamiz… Biz shunday nuqtaga yaqinlashayapmizki,  kompyuterlar va robotlar bundan buyon tabiiy yo‘l bilan  ko‘ra oladi, harakatlanadi va o‘zaro munosabatda bo‘lishadi. O‘shanda ular yanada kattaroq va ko‘proq vazifalarni bajaradilar hamda odamlarga yanada ko‘proq imkoniyatlar beradi.

Agar bioterrorizm va boshqa ayrim  muammolarni aytmasa, innovatsiya — bu juda zo‘r narsa. Innovatsiya odamlar hayotini yanada yaxshilaydi. Ming afsuski, ushbu ajoyib texnologiyalar odamlarga biz xohlagandek tez yetib bormayapti.

Semirish, diabet, Alsgeymer kasalligi va boshqa ko‘plab muammolarni hali hal eta olganimiz yo‘q. Men umid qilamanki, yanada ilg‘or dasturiy ta’minotlar va sun’iy intellekt biologiyani tushunishimizga yordam beradi. Tabiiy jarayonga qanchalik darajada aralashish mumkin va odamlar hayotini qanday qilib yanada yaxshilay olamiz, degan masalalar yechimiga yo‘l ko‘rsatadi.

Sun’iy intellekt mehnat bozorini o‘zgartirib yuboradi — Ammo bozor iqtisodiyotida har doim ham katta o‘zgarishlar yuz berib turadi. Innovatsiyani cheklash, bu to‘g‘ri yechim emas. Qolaversa, hozircha odamlar uchun xavfsizlik yostiqchasi mavjud. Odamlar tajribasi kelajakda kerak bo‘lmay qolishi mumkin, ayniqsa bu, karerasi oxiriga yetayotgan keksalarga taalluqli bo‘ladi.

Kompyuter yordamida ko‘plab yumushlarni bajarsa bo‘ladi. Unda faqat o‘yin o‘ynash yaxshi yechim emas. U qariyb, sizning barcha imkoniyatlaringizni namoyon qilishga yordam beradi. Har gal, insonga yangi vosita berayotganimizda albatta, intizom bo‘lishi kerak.

Operatsion tizimlar musobaqasida g‘alabaning kaliti imkon qadar ko‘p ilovalarda. Shu bois Microsoft ishlab chiqaruvchilar va dasturiy ta’minot dasturchilari bilan hamkorlikda ishlash masalasiga o‘ta mas’uliyat bilan yondoshadi.

Men 20-30 yoshlarimda juda qat’iyatli va besabr edim. Hozir ham ushbu odatimdan  butunlay xolos bo‘lganman, deb ayta olmayman. Lekin, umid qilamanki ushbu sifatni oz-ozdan qo‘llaganman.

O‘z bilimingizni oshirib borish —  bu yaxshi, chunki bu bilan siz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni rivojlantirasiz va o‘ylaysizki: «Men buni yetarlicha bilaman. Men muni ustozdan ham yaxshi bilaman. Qani navbatdagi bosqichga o‘tishga harakat qilaychi — balki qo‘limdan kelar». Ayniqsa, buni kompyuterda qo‘llash yaxshiroq. Sizning dasturingiz soz emas, uni ishga tushirayotganingizda, buni tushinasiz. Bunday vaqtda, siz tuzatishlar kiritasiz va uni qayta ishga tushirasiz. O‘ziga xos qayta aloqa har doim qo‘l keladi. Hammasidan ham qiziq tomoni, kompyuterni tushunishga harakat qilishdir.

Yosh bo‘lganingda nimang bilandir boshqalardan zo‘r bo‘lish, qanday yaxshi. Bunday narsalar menda ko‘p edi: o‘qish va matematika. Lekin meni har doim boshqa narsalardan ham ko‘ra, kompyuterlar o‘ziga ko‘proq rom etgan.

Men kechayu-kunduz dasturlash bilan ovora bo‘lardim va  hamkasblarimga aytardim: «Biz ishni bir necha oyda bajarishga va’da berdikmi — biz buni albatta bajaramiz». Biz ishlarni oxiriga yetkazish masalasida juda chanqoq edik.

Biz qandaydir bitta muhim mahsulot bilan cheklanib qolmasdik. Biz ko‘proq odamlarni yollashni  va ko‘pdan ko‘p mahsulotlarni yaratishni istardik.

Agar alohida talant talab qiladigan mahsulot bo‘lsa va u nisbatan ko‘p miqdorda bo‘lsa  — bu Microsoft uchun yaxshi ish.

Biz uchun juda aqlli insonlarni yollash har doim muhim bo‘lgan. Bu yerda boshqa variant bo‘lishi mumkin emas. IQ’ga kelsak, siz elita bilan ishlashingiz kerak. Dunyodagi insonlarning 95 foizi dasturiy ta’minot yoza olmaydi.

Muammo bilan bir kishi shug‘ullansa-yu, lekin u hal eta olmasa, bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun sizda kodni o‘qiy oladigan juda ko‘p odam bo‘lishi kerak. Eng avvalo, dedlaynlarni berish kerak… Barcha fikrlarni qandaydir boshqa joylarga emas,  kodga joylashtirish kerak, Biz savdoda xatoga yo‘l qo‘ydik va undan xulosa chiqarish juda muhim. Biz ko‘p  mamlakatlarda  o‘zimizning agentlarimizni yollaganmiz, aslida ularsiz ishlash yaxshiroq. Eng yaxshisi, o‘z kadrlaringizga ega bo‘lishdir. Agar siz jiddiy kompaniya bo‘lishni istasangiz, uzoq muddatli staregiyaga amal qiling. Biror mamlakatda ishlashga kirishayotgan bo‘lsangiz, va u joyda mustahkam o‘rningizni topmoqchi bo‘lsangiz, u yerlik hamkorlaringiz tez topiladigan komision pullarni ko‘zlamay uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatishga tayyor ekaniga ishonch hosil qiling. Biz buning muhimligini tez tushunganmiz.

Boshqalarga nisbatan davlatning puli har doim ko‘p bo‘ladi. Uning puli barcha filantroplarnikini qo‘shganda ham ko‘p  Shu bois filantroplikning roli, tajriba va hal qiluvchi yondoshuvlarni topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, olimlar OITS kasalligini davolash uchun vaksina yaratishda  yangicha yo‘nalish topishdi, ularga homiylik qilishda filantroplar davlatni qo‘llab-quvvtlaydi.

Men 10 milliard dollar soliq to‘ladim hech kim buncha soliq to‘lamagan.  Lekin davlat menga o‘xshagan odamlarda yana ham ko‘proq soliq ushlash kerak.

Nol — bu sehrli raqam.  Yoki siz dunyoda o‘lim sonini nolga tushirish uchun barcha ishni qilasiz va bu ishni uddalaganingiz uchun faxrlanasiz, yoki  har doim nolga yaqinlashasiz va taslim bo‘lib orqaga chekinasiz hamda yana boshlangich nuqtaga qaytasiz, ishonchni, intilishni, boshqa joyda foydalanish mumkin bo‘lgan pulingizni yo‘qotasiz.

Qashshoq odamlar davlatning uy-joy, sog‘liq va ta’lim bilan shug‘ullanadigan   idoralarida qog‘oz to‘ldirib, juda katta murakkabliklarga duch kelishadi.  Bu dasturlar oson va hamma foydalana oladigan bo‘lishi lozim. Ular yaxshi niyatlar bilan tashkil etilgan, lekin ko‘zda tutilgan yordamni olish oson ish emas, ayniqsa inqirozli vaziyatlarda.

O‘QING:Bill Geyts shu yozda o‘qib chiqish uchun beshta kitobni tavsiya qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!