Keepsafe Browser – anonimlikni ta’minlovchi yangi bepul mobil brauzer

  •   DiMaX
  •  1270
  •  30.06.2018 14:17

Keepsafe Browser – anonimlikni ta’minlovchi yangi bepul mobil brauzer

Internetga kirganimizda nafaqat biz ishlatayotgan brauzerlar, balki hatto biz kirgan saytlar ham ma’lumotlarimizni saqlab qoladi. Buning oldini olishning turli yo‘llari bor, shulardan biri – anonimlikni ta’minlaydigan brauzerlarni qo‘llashdir.

O‘QING: Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar

iOS hamda Android platformali qurilmalar uchun ishlab chiqilgan yangi – Keepsafe Browser ilovasi ham shunday – shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalovchi brauzerlardan biridir. U sizning internetdagi harakatlaringizni turli saytlardagi trekerlar kuzatishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, reklamlarni ham samarali bloklab, bu bilan trafigingizni va tizim resurslarini ham tejaydi.

Keepsafe Browser’ning asosiy o‘ziga xosligi – brauzerning o‘ziga alohida PIN-kod o‘rnatish mumkinligidir. Smartfoningizni kimdir qo‘lga kiritib, uni blokdan chiqarishga muvaffaq bo‘lsa ham, u baribir Keepsafe Browser ilovasiga kira olmaydi. PIN-kodni istalgan paytda o‘zingiz o‘zgartirishingiz yoki o‘chirib qo‘yishingiz ham mumkin.

Mazkur brauzerda o‘ziga xos inkognito rejimi bor. Varaqalar oynasidagi uchnuqta belgisiga bosib, ochilgan menyuchadan «Clear all tabs and data» bandini tanlasangiz, undagi barcha ma’lumotlaringiz o‘chiriladi. Jumladan, saytlarga kirishda qo‘llangan login va parollaringiz ham saqlanib qolmaydi va bu kuchliroq xavfsizlikni ta’minlaydi.

Keepsafe Browser sozlamalarida brauzer aynan qanday trekerlarni bloklashi kerakligini o‘zingiz tanlaysiz. Masalan – ijtimoiy, tahliliy, reklama, kontent-trekerlar – istalgan birini yoki bir nechtasini, xohlasangiz barchasini cheklab qo‘yishingiz mumkin.

Apple gadjetlarini tutayotganlar Keepsafe Browser ilovasini ushbu havola orqali yuklab olsalar bo‘ladi. Android-smartfonlar egalari esa bu brauzerni mana bu havola yordamida o‘rnatib oladilar.

O‘QING: Firefox Focus – vahimachilar va tejamkorlar uchun mobil brauzer

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!