Kelasi hafta Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etiladi

Kelasi hafta Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etiladi

30-noyabr kuni Qualcomm kompaniyasi o‘zining yangi Snapdragon 8 Gen1 chipini taqdim etdi. Ushbu 4 nanometrlik chip birinchi bo‘lib Motorola kompaniyasining Edge X30 smartfoniga o‘rnatiladi. 

Weibo platformasi orqali kompaniya Edge X30 smartfoni 9-dekabr kuni Xitoy vaqti bilan 19:30 taqdim etilishini ma’lum qildi. 

Tizerda smartfon haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Avvalgi mish-mishlarda Edge X30 smartfoni 68.2 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi aytilgan edi. 

Shuningdek, smartfon 144Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfon 60MP selfi kamera, 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera hamda 2MP sath kameraga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Uzoq kutilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!