Kelasi yili qanday smartfonlar urfga aylanadi?

  •   Saroy
  •  2613
  •  20.10.2018 17:37

Kelasi yili qanday smartfonlar urfga aylanadi?

Ishlab chiqaruvchilar ekranni imkon qadar romsiz qilish uchun qator yondoshuvlarni sinab ko‘rishdi: oddiy qirqma, suv tomchisi qirqmasi, suriladigan orqa panel selfi uchun kamerasi bilan... Nufuzli insayderlarning taxmin qilishicha, kelasi yilda  bizni mutlaqo yangi trend kutmoqda. Unda  selfi uchun kamera ekranning o‘zida kichkina teshikchada bo‘ladi.

Ice universe  blogeri modulga joylashtirilgan kamera datchiklari bo‘lgan  bir nechta smartfonlar renderini baham ko‘rdi.  U smartfon ekranining yuqori qismida turli joylarda bo‘lishi mumkin. Konstruksiya ishlab chiqaruvchilarga ekran atrofidagi romni yana ham kichraytirish imkonini beradi, ayniqsa tepa qismida. Shunday ekan, dinamik qayerda joylashgan, degan savol tug‘iladi.

O‘QING:Samsung endi kamerasi ekran ostiga joylangan smartfon tayyorlamoqda

Hozircha birorta ham taniqli ishlab chiqaruvchilar bunday texnologiya haqida ma’lumot bergani yo‘q.  Darvoqe, qirqmani ommalashtirish uchun  iPhone X kerak bo‘libdi. Ushbu yangi dizaynni yirik ishlab chiqaruvchilarning biri qabul qildimi, demak yaqin orada do‘kon peshtaxtalarini ushbu qurilmaning klonlari to‘ldirib yuboradi. Axir trendlar shunday yaratiladi-da.

O‘QING:Meizu X8 kompaniyaning ekranda qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi