Keneksi Helios: uslub doirasidagi arzon smartfon

Keneksi Helios: uslub doirasidagi arzon smartfon

Shisha va metall korpusli, barmoq izi skaneriga ega smartfon deganda ko‘pchilik iPhone, Samsung, Meizu, Huawei, Oppo kabi xalqaro brendlarning gadjetlarini tasavvur qiladi.

Ammo Xitoyning janubiy shahri Shenchjenda faoliyat ko‘rsatadigan ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchi fabrikalar bu texnologiyani o‘zlashtirib, yuqoridagi smartfonlardan kam bo‘lmagan mahsulotlarni jahon bozoriga olib kirishmoqda.

Shulardan biri KENEKSI kompaniyasi. U 2016 yilning boshida Helios smartfonini taqdim qilgan edi.

Smartfon dizayni Huawei P8 gadjetiga o‘xshab ketadi. Katta ekran, sensor tugmachalar, dinamik va masofa hamda yorug‘lik datchigi uning boshqa smartfonlarga o‘xshash jihatlari.

Diagonali 5,5 dyuymli bo‘lgan HD displey IPS-matritsaga ega bo‘lib, mazkur hajmdagi ekranga xos eng yuqori sig‘im – 1280x720 belgini sig‘dira oladi.

Mobil aloqa vositasi  Android 5.1 Lollipop platformasida faoliyat ko‘rsatadi. Unga 1 GGs chastotada ishlaydigan 4 yadroli MediaTek protsessori o‘rnatilgan. Qurilma tezkor xotirasi 1 GB, ichki xotira sig‘imi esa 16 GB. Shuningdek, undagi microSD bo‘lmachasi 32 GB.gacha qo‘shimcha xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Keneksi Helios avtofokus funksiyasi hamda fotochaqnoqli 8 Mp bosh kamera va 2 Mp old kameraga ega. U 2G (GSM 900 va 1800), 3G va 4G LTE aloqa tarmoqlari, shuningdek Wi-Fi, Bluetooth aloqa texnologiyalarini, GPS + A-GPS sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonda masofa, yorug‘lik, akselerometr sensorlari mavjud.

Helios akkumulyatorining sig‘imi 2650 mAs. Ushbu quvvat unga o‘rtacha foydalanishda 300 soatga hamda 13 soatlik tinimsiz suhbat jarayoni uchun yetadi.

Smartfon o‘lchamlari: 152,9 x 77,4 x 7,6 mm, og‘irligi – 153 gramm.

Mana shunday qobiliyat va imkoniyatga ega Keneksi Helios xitoylik kompaniya tomonidan 120 AQSh dollariga baholangan. Shunday jihatlarga ega Android va Windows smartfonlari orasida u keng imkoniyatli va arzon narxdagi qurilma ekani bilan ajralib turadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.