Keraksiz qo‘ng‘iroq va xabarlarni cheklovchi Android-ilovalar

  •   DiMaX
  •  4266
  •  23.03.2017 15:53

Keraksiz qo‘ng‘iroq va xabarlarni cheklovchi Android-ilovalar

Ba’zida biror raqamdan qo‘ng‘iroq qilaverishlari joningizga tegib ketadimi? Ayrim xizmat raqamlaridan keladigan SMS va MMS-xabarlar-chi? Android tizimidagi qurilmalar uchun shularni cheklovchi maxsus ilovalar ishlab chiqilgan, quyida ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

To‘g‘ri, ba’zi smartfonlarning sozlamalarida ham cheklov funksiyasi bo‘lishi, shuningdek, ayrim aloqa operatorlari shunday xizmatlarni taklif etishi bor gap. Ammo biz taklif etayotgan dasturlarda cheklashdan tashqari qo‘shimcha funksiyalar ham borki, bir nazar solishga arziydi.

Truecaller

Jonga teguvchi qo‘ng‘iroqlardan birato‘la qutulishni istasangiz, Android uchun ishlab chiqilgan Truecaller qo‘ng‘iroq cheklovchi ilovasini bir martagina o‘rnatish kifoya. U hatto sizning telefoningiz kontaktlar ro‘yxatida bo‘lmagan spam-raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni ham aniqlab, cheklay oladi.

Noma’lum raqamlarni cheklash uchun Truecaller o‘zining spam-bazasiga ega va u hamisha to‘ldirilib turadi. Shuningdek, biror abonentga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasangiz, o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilish imkoni tug‘ilishi bilanoq Truecaller sizga xabar bera oladi.

Imkoniyatlari:

  • Qo‘ng‘iroq egasi haqida ma’lumot
  • Keraksiz kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklash
  • Raqamlarga boy baza

«Kto zvonil?»

Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarning qora ro‘yxatini yaratish uchun juda kuchli bepul utilita. Bundan tashqari, Android uchun «Kto zvonil?» ilovasi SMS bilan ham ishlay oladi. Uning spam-bazasi ham foydalanuvchilarning faolligi sababli muntazam tarzda o‘sib boradi. Turli kollektorlar, banklar, sug‘urta kompaniyalari va reklamalar – barcha keng tarqalgan spamerlar uning qora ro‘yxatida mavjud.

Imkoniyatlari:

  • Qo‘ng‘iroq egasi haqida ma’lumot
  • Keraksiz kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklash
  • Keraksiz SMSlarni cheklash
  • Raqamlarga boy baza

CallAp

Google Play’dagi shu toifaga mansub boshqa cheklovchilardan farqli ravishda, bu ilova nafaqat kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMSlarning qora ro‘yxati bilan ishlay oladi, balki hatto keraksiz abonentlarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ham taniy biladi.

CallAp spam-bazasi butun dunyo bo‘ylab «keraksiz» ro‘yxatlarni o‘z ichiga oladi. Uning qulay interfeysi va foydalanishdagi oddiyligi ham e’tiborga loyiq.

Imkoniyatlari:

  • Qo‘ng‘iroq egasi haqida ma’lumot
  • Messenjerlarda raqamlarni cheklash
  • Keraksiz kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklash
  • Keraksiz SMSlarni cheklash
  • Raqamlarga boy baza

Blacklist

Sodda interfeys va spamlarni cheklash uchun keng funksiyalar to‘plami – mazkur dasturning yutuqlaridan faqat bir qismi, xolos. Blacklist ilovasi MMS, SMS bilan ham ishlay oladi, chaqiruvlar filtri esa bir necha rejimga ega.

Uning bittagina kamchiligi bor – o‘z spam-bazasi yo‘q, biroq bu nuqsonini ilovaning keng funksionali «bosib ketadi». Bundan tashqari, unda qulay avto-javob bergich shablonlari mavjud.

Imkoniyatlari:

  • Avto-javob bergich shablonlari
  • Keraksiz kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklash
  • Keraksiz SMSlarni cheklash
  • Keraksiz MMSlarni cheklash
  • Qora ro‘yxatning zaxira nusxasini yaratish

«Chyorniy spisok»

Agarda murakkab interfeys va ko‘p sonli opsiyalar orasida chalkashib yurishni istamasangiz, u holda Android uchun «Chyorniy spisok» ilovasi aynan sizga mos. U juda yengil va faqat ikkitagina vazifani bajaradi: keraksiz qo‘ng‘iroqlarni va SMSlarni cheklash!

Spam-filtrni esa foydalanuvchining o‘zi shakllantiradi. Bu dasturning yana bir yaxshi tomoni – barcha turdagi smartfonlarga tushadi hamda xotira va protsessor resurslarini deyarli sarflamaydi.

Imkoniyatlari:

  • Sodda va tushunarli interfeys
  • Keraksiz SMSlarni cheklash
  • Keraksiz kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni cheklash
  • Qora ro‘yxatning zaxira nusxasini yaratish
  • Deyarli barcha smartfonlarda ishlaydi
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!