Keyingi avlod smartfonlari to‘rtala tomondan ham “sharshara“ ekranli bo‘ladi

Keyingi avlod smartfonlari to‘rtala tomondan ham “sharshara“ ekranli bo‘ladi

Guandong Oppo Mobile Telecommunications 2018 yilning noyabrida Qo‘shma Shtatlar Patent va tovar belgilari idorasi va Butunjahon intellektual mulk agentligiga “Elektron qurilmalar va ularni ishlab chiqarish usuli“ uchun patent topshirdi. Ushbu patent yaqindagina e’lon qilindi.Tavsifda aytilishicha, smartfon to‘liq ekranli, ya’ni to‘rtala tomondan ham hech qanday romlarsiz ko‘rinishda bo‘ladi. Aslini olib qaraganda, sharshara-ekranli displey yechimida ekranning yuqori va pastki qismlari qayrilmagan bo‘ladi.

Qizig‘i shundaki, yaqindagina taqdimoti bo‘lib o‘tgan Xiaomi Mi Mix Alpha'da ham yuqori va pastki romlar mavjud. Hozirgi holatda esa romlar umuman bo‘lmaydi.

So‘nggi vaqtlarda, smartfonsozlarning tiriqshli yoki displeydan sizib chiquvchi modulli old kameralarni ishlab chiqarganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Hozirgi dizayn konspesiyasida esa kamera ekran ostida joylashadi. Bu yechim allaqachon namoyish etilgan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan ma’qullangan.

Bundan tashqari, displey ostidan barmoq izi skaneri, yorug‘lik va boshqa datchiklar ham o‘rin oladi.Patentlangan texnologiya OLED yoki MicroLED tipidagi ekranlarga ham tatbiq qilinishi mumkin.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Xiaomi misli ko‘rilmagan selfi kamera dizaynini yaratdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!