“Kiberyurak”

“Kiberyurak”

Nijniy Novgorodlik olimlar “kiberyurak” ishlab chiqdilar. Ushbu dasturiy-apparat majmuasi elektrokardiogramma qiladi va simsiz tarzda tegishli serverga yuboradi, shuningdek yangi preparatlarni sinaydi, davolash usullari samaradorligini tekshiradi. Loyiha davlat tanlovi g‘olibi bo‘ldi va yirik miqdordagi grantni yutib oldi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yurakning 3D modelini yaratish loyihasi uch yilga mo‘ljallangan. Inson yuragining kompyuterdagi uch o‘lchamli modeli birinchi navbatda izlanish va tajribalar uchun asqotadi, chunki barcha tadqiqotlarni tirik inson organizmida o‘tkazish imkonsizdir. “Kiberyurak” yangi dorilar, terapevtik va jarrohlik asboblari, davo usuli ta’sirini tekshiradi. Muayyan vaziyatlarda yurakning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini beradi.

“Kiberyurak”ni yaratishdagi murakkab hisob-kitoblarni bajarish uchun “Lobachevskiy” superkompyuteridan foydalanildi. 2014 yilda ishga tushgan bu kompyuter operatsion quvvati jihatdan Rossiyada ikkinchi o‘rinda turadi. Ish unumdorligi 600 teraflops (1 soniyada 600 trillion operatsiya).

Loyiha mualliflaridan birining aytishicha, universal modelni muayyan inson yuragi o‘rnida hisoblab, unga tomografiya ma’lumotlari kiriladi, so‘ng esa ayni yurak tasviriga qarab tahlil qilinadi. Tajribalar o‘tkazib ko‘rilgach, bu inson uchun maqbul davolash uslubini tanlanadi. “Kiberyurak” yurak-qon tomir kasalligiga chalingan minglab bemorlarga yordam berishi kutilyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!