Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Ushbu yilning 8-10 noyabrida Toshkentda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Kichik biznes uchun asbob-uskuna va mahsulotlar” savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar boshlovchi tadbirkorlarga yordam berish, kichik biznes uchun ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarning turli xili bilan tanishish, yangi biznes aloqalar o‘rnatish va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.

Xalqaro ko‘rgazmada axborot texnologiyasi, energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, qurilish va boshqa sohalarga oid asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilari qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida shuningdek “Asalchilar mahsuloti yarmarkasi” va Xalq Ustalari mahsulotlari yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi.

Tadbir manzili: Toshkent, Beruniy ko‘chasi 40 uy, “Ko‘rgazma Savdo Markazi”.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!