KOICA O‘zbekistondagi startaplarni qo‘llab-quvvatlamoqchi

  •   DiMaX
  •  982
  •  02.02.2018 12:26

KOICA O‘zbekistondagi startaplarni qo‘llab-quvvatlamoqchi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi shu kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif maqsadi – Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yilga rejalashtirilayotgan «O‘zbekistonda startaplarning potensialini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar» potensial loyihasi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, ish bo‘yicha hamkorlar, jumladan, Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi hamda uning rezidentlari bilan aloqalar o‘rnatishdir.

O‘QING: Bobur Oqilxonov: «AQSh investorlari O‘zbekiston bilan jiddiy qiziqishayapti!»

Mahalliy startaplar ekotizimi taraqqiyotiga Janubiy Koreya mutaxassislarini jalb etish strategik ahamiyatga ega. Zero, mazkur mamlakat bir necha yildan buyon Bloomberg agentligining «Eng innovatsion 50 mamlakat» reytingida yetakchilik qilib kelmoqda. Ushbu reytingni tuzishda ilmiy-texnik tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflanmalar, yuksak texnologiyalarning tatbiq etish darajasi, oliy ta’limning keng tarqalganligi hamda patentlar sohasidagi faollik asosiy mezonlar bo‘lib hisoblanadi.

Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazida mehmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hukumat va xususiy tadbirkorlikning o‘zaro hamkorligi sohasiga Janubiy Koreya tajribasini joriy etish, shuningdek, yuqori texnologik potensialga ega bo‘lgan startaplar va yangi biznes yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi.

«O‘zbekistonda startaplarning potensialini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar» loyihasining maqsad va vazifalariga alohida e’tibor qaratildi. Koreyalik mutaxassislarga unda yetakchilik maqomi berildi. Ular mazkur loyiha amalga oshirilishining barcha bosqichlarini nazorat etishlari rejalashtirilmoqda.

O‘QING: Yirik sarmoyador O‘zbekiston IT-sanoatiga qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, KOICA delegatsiyasi Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazining rezidentlaridan bo‘lmish «SSP-Maroqand» kompaniyasi ofisida ham mehmon bo‘ldi. FinTech bazasida dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi ushbu kompaniya tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri – elektron to‘lovlarning UPAY universal servisidir.

Ta’kidlash kerakki, «O‘zbekistonda startaplarning potensialini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar» loyihasini 2019-2021 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘QING: "Xavfsiz shahar" qurishda O‘zbekistonning birinchi yirik hamkori ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.