Kompyuteringiz tez ishlashini xohlaysizmi?

  •   DiMaX
  •  2881
  •  02.02.2017 12:00

Kompyuteringiz tez ishlashini xohlaysizmi?

Windows ko‘plab xizmatlarni – fon rejimida ishlab, operatsion tizimning normal ishlashini ta’minlovchi dasturlarni boshqaradi. Ularning ayrimlaridan juda kam foydalanamiz, ba’zilarini esa umuman ishlatmaymiz.

Kompyuterning ishlash tezligini oshirish maqsadida shu xizmatlarning keraksizlarini o‘chirib qo‘ysa ham bo‘ladi, deb yozadi Layfxaker sayti.

Windows xizmatlarini sozlash

Xizmatlarning ishlashini sozlash uchun Windows’ning maxsus menedjerini ochish kerak. Buni Windows + R tugmachalar birikmasi orqali amalga oshiramiz: ekranga chiqqan oynachaga services.msc yozuvini kiritib, Enter’ni bosamiz. Shunda quyidagi (agar operatsion tizimingiz eski versiyasi bo‘lsa – shunga o‘xshashroq) oyna chiqadi:

Menedjer tizimdagi xizmatlarni jadval tarzida aks ettiradi. Bu yerda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish, ularning qisqacha tavsifi bilan tanishish va joriy holatini bilish mumkin. Biz uchun muhimlaridan biri – xizmatlarning qay tarzda ishga tushirilishini ko‘rsatuvchi «Tip zapuska» ustunchasidir. Aynan shu qism biror xizmatning yoqiq-o‘chiqligini va tizim tomonidan qaysi rejimda ishga tushirilishini aks ettiradi.

Xizmatlardan birortasining ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosib, uning oynachasini ochamiz, shu yerdan uni osongina o‘chirib qo‘yish mumkin. Buning uchun xizmatning ishga tushirilish turini ko‘rsatuvchi «Tip zapuska» bandini bosib, «Otklyuchena»ni tanlab, «Ok»ni bossangiz bas – u o‘chiriladi. Biroq vazifalar variantlari orasida «Vruchnuyu» belgisi ham bor – u mazkur xizmatni faqat kerak paytdagina yoqiladigan qilib qo‘yadi. Yaxshisi, o‘zingiz o‘chirmoqchi bo‘lgan xizmatlarning barchasi uchun, xavfsizlik maqsadlarida, ayni mana shu variantni tanlang. Shunda tizim xizmat chindan ham kerakli bo‘lgan vaqtdagina uni ishga tushiradi; boshqa paytlarda esa uning uchun resurslarni sarflab o‘tirmaydi.

Demak, xizmatlarni butkul o‘chirmaymiz-da, ularni quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek, «Vruchnuyu» rejimiga o‘tkazib qo‘yamiz.

Quyida sanab o‘tiladigan xizmatlar tizimning ishlashi uchun o‘ta muhim hisoblanmaydi, ko‘pchilik foydalanuvchilar ularsiz ham ishlay olishadi. Shuning uchun ham siz mazkur xizmatlarni «Vruchnuyu» rejimiga o‘tkazishingiz mumkin, faqat biror o‘zgarish kiritishdan avval albatta shu xizmatning qisqacha tavsifini o‘qib chiqing. Bo‘lmasa, o‘zingiz uchun kerakli, tizim uchun muhim bo‘lgan biror xizmatning ishini to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin.

Ro‘yxatdagi ayrim xizmatlar sizning kompyuteringizda avval-boshdanoq butkul o‘chiq yoki «Vruchnuyu» rejimida bo‘lishi mumkin; shunday bo‘lsa, ularga tegmay qo‘yaqolasiz.

Esda tuting: xizmatlarni sozlash jarayonidagi nojo‘ya harakatlar tizimning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Sozlamalarga o‘zgarishlar kiritayotib, siz barcha mas’uliyatni o‘z zimmangizga olasiz.

O‘zgarishlar kuchga kirishi uchun sozlab tugatgach, kompyuteringizni o‘chirib yoqishingiz kerak bo‘ladi.

Windows xizmatlaridan qaysilarini to‘xtatib qo‘ysa bo‘ladi?

Quyida keltiriladigan xizmatlardan ayrimlarining ruscha nomlanishi turli kompyuterlarda salgina farqlanishi mumkin. Ammo, nomi aynan to‘g‘ri kelmasa, mazmunan shunga yaqin bo‘lgan xizmatni o‘zingiz izlab topa olasiz.

Demak, operatsion tizimning versiyasiga ko‘ra «Vruchnuyu» rejimiga o‘tkazish mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxati (o‘zbekcha / ruscha / inglizcha) quyidagicha:

Windows 10

  • Ulangan foydalanuvchilar uchun funksional imkoniyatlar va telemetriya / Funksionalnie vozmojnosti dlya podklyuchyonnix polzovateley i telemetriya / Connected User Experiences and Telemetry
  • Diagnostika siyosati xizmati / Slujba politiki diagnostiki / Diagnostic Policy Service.
  • Diagnostik kuzatuv xizmati / Slujba diagnosticheskogo otslejivaniya / Diagnostic Tracking Service.
  • O‘zgargan aloqalarni kuzatuv kliyenti / Kliyent otslejivaniya izmenivshixsya svyazey / Distributed Link Tracking Client – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • dmwappushsvc.
  • Yuklab olingan xaritalar dispetcheri / Dispetcher skachannix kart / Downloaded Maps Manager – agar siz «Karti» – xaritalar ilovasini ishlatmasangiz.
  • IP yordamchi xizmati / Vspomogatelnaya slujba IP / IP Helper – agar siz IPv6-ulanishdan foydalanmasangiz.
  • Dasturlar mosligi bo‘yicha yordamchi xizmati / Slujba pomoщnika po sovmestimosti programm / Program Compatibility Assistant Service.
  • Chop etish dispetcheri / Dispetcher pechati / Print Spooler – agar sizda printer bo‘lmasa.
  • Masofaviy reyestr / Udalyonniy reyestr / Remote Registry – bu xizmatni butkul o‘chirish mumkin.
  • Tizimga ikkilamchi kirish / Vtorichniy vxod v sistemu / Secondary Logon.
  • Xavfsizlikni ta’minlash markazi / Sentr obespecheniya bezopasnosti / Security Center.
  • TCP/IP orqali NetBIOS’ni ta’minlash moduli / Modul podderjki NetBIOS cherez TCP/IP / TCP/IP NetBIOS Helper.
  • Sensor klaviatura va qo‘lyozmani kiritish xizmati / Slujba sensornoy klaviaturi i paneli rukopisnogo vvoda / Touch Keyboard and Handwriting Panel Service.
  • Windows himoyachisi xizmati / Slujba zaщitnika Windows / Windows Defender Service.
  • Windows xatolarini qayd etish xizmati / Slujba registratsii oshibok Windows / Windows Error Reporting Service.
  • Windows tasvirlarni yuklash xizmati / Slujba zagruzki izobrajeniy Windows / Windows Image Acquisition, WIA – agar sizda skaner bo‘lmasa.
  • Windows qidiruv xizmati / Poisk Windows / Windows Search – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.

Windows 8/8.1

  • Kompyuterlar sharhlovchisi / Obozrevatel kompyuterov / Computer Browser – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • Diagnostika siyosati xizmati / Slujba politiki diagnostiki / Diagnostic Policy Service.
  • O‘zgargan aloqalarni kuzatuv kliyenti / Kliyent otslejivaniya izmenivshixsya svyazey / Distributed Link Tracking Client – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • IP yordamchi xizmati / Vspomogatelnaya slujba IP / IP Helper – agar siz IPv6-ulanishdan foydalanmasangiz.
  • Avtonom fayllar / Avtonomnie fayli / Offline Files.
  • Dasturlar mosligi bo‘yicha yordamchi xizmati / Slujba pomoщnika po sovmestimosti programm / Program Compatibility Assistant Service.
  • Ko‘chma qurilmalarni hisoblash xizmati / Slujba perechislitelya perenosnix ustroystv / Portable Device Enumerator Service.
  • Chop etish dispetcheri / Dispetcher pechati / Print Spooler – agar sizda printer bo‘lmasa.
  • Masofaviy reyestr / Udalyonniy reyestr / Remote Registry – bu xizmatni butkul o‘chirish mumkin.
  • Tizimga ikkilamchi kirish / Vtorichniy vxod v sistemu / Secondary Logon.
  • Xavfsizlikni ta’minlash markazi / Sentr obespecheniya bezopasnosti / Security Center.
  • Server / Server / Server – agar kompyuter server sifatida ishlatilmasa.
  • TCP/IP orqali NetBIOS’ni ta’minlash moduli / Modul podderjki NetBIOS cherez TCP/IP / TCP/IP NetBIOS Helper.
  • Windows xatolarini qayd etish xizmati / Slujba registratsii oshibok Windows / Windows Error Reporting Service.
  • Windows tasvirlarni yuklash xizmati / Slujba zagruzki izobrajeniy Windows / Windows Image Acquisition, WIA – agar sizda skaner bo‘lmasa.
  • Windows qidiruv xizmati / Poisk Windows / Windows Search – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.

Windows 7

  • Kompyuterlar sharhlovchisi / Obozrevatel kompyuterov / Computer Browser – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • Ish stoli oynalari dispetcherining seanslari dispetcheri / Dispetcher seansov dispetchera okon rabochego stola / Desktop Window Manager Session Manager – agar siz Aero rasmiylashtirish mavzusini ishlatmaydigan bo‘lsangiz.
  • Diagnostika siyosati xizmati / Slujba politiki diagnostiki / Diagnostic Policy Service.
  • O‘zgargan aloqalarni kuzatuv kliyenti / Kliyent otslejivaniya izmenivshixsya svyazey / Distributed Link Tracking Client – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • IP yordamchi xizmati / Vspomogatelnaya slujba IP / IP Helper – agar siz IPv6-ulanishdan foydalanmasangiz.
  • Avtonom fayllar / Avtonomnie fayli / Offline Files.
  • Ko‘chma qurilmalarni hisoblash xizmati / Slujba perechislitelya perenosnix ustroystv / Portable Device Enumerator Service.
  • Chop etish dispetcheri / Dispetcher pechati / Print Spooler – agar sizda printer bo‘lmasa.
  • Himoyalangan saqlagich / Zaщiщyonnoye xraniliщye / Protected Storage.
  • Masofaviy reyestr / Udalyonniy reyestr / Remote Registry – bu xizmatni butkul o‘chirish mumkin.
  • Tizimga ikkilamchi kirish / Vtorichniy vxod v sistemu / Secondary Logon.
  • Xavfsizlikni ta’minlash markazi / Sentr obespecheniya bezopasnosti / Security Center.
  • Server / Server / Server – agar kompyuter server sifatida ishlatilmasa.
  • Planshetli kompyuter kiritish xizmati / Slujba vvoda planshetnogo PK / Tablet PC Input Service.
  • TCP/IP orqali NetBIOS’ni ta’minlash moduli / Modul podderjki NetBIOS cherez TCP/IP / TCP/IP NetBIOS Helper.
  • Mavzular / Temi / Themes – agar siz Windows klassik mavzusini ishlatadigan bo‘lsangiz.
  • Windows xatolarini qayd etish xizmati / Slujba registratsii oshibok Windows / Windows Error Reporting Service.
  • Windows Media Center xizmatini ishga tushirish moduli / Modul zapuska slujbi Windows Media Center / Windows Media Center Service Launcher.
  • Windows qidiruv xizmati / Poisk Windows / Windows Search – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.

Windows Vista

  • Kompyuterlar sharhlovchisi / Obozrevatel kompyuterov / Computer Browser – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • Ish stoli oynalari dispetcherining seanslari dispetcheri / Dispetcher seansov dispetchera okon rabochego stola / Desktop Window Manager Session Manager – agar siz Aero rasmiylashtirish mavzusini ishlatmaydigan bo‘lsangiz.
  • Diagnostika siyosati xizmati / Slujba politiki diagnostiki / Diagnostic Policy Service.
  • O‘zgargan aloqalarni kuzatuv kliyenti / Kliyent otslejivaniya izmenivshixsya svyazey / Distributed Link Tracking Client – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • Indekslash xizmati / Slujba indeksirovaniya / Indexing Service – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.
  • Avtonom fayllar / Avtonomnie fayli / Offline Files.
  • Ko‘chma qurilmalarni hisoblash xizmati / Slujba perechislitelya perenosnix ustroystv / Portable Device Enumerator Service.
  • Chop etish dispetcheri / Dispetcher pechati / Print Spooler – agar sizda printer bo‘lmasa.
  • ReadyBoost.
  • Masofaviy reyestr / Udalyonniy reyestr / Remote Registry – bu xizmatni butkul o‘chirish mumkin.
  • Tizimga ikkilamchi kirish / Vtorichniy vxod v sistemu / Secondary Logon.
  • Xavfsizlikni ta’minlash markazi / Sentr obespecheniya bezopasnosti / Security Center.
  • Server / Server / Server – agar kompyuter server sifatida ishlatilmasa.
  • Tizimni qayta tiklash xizmati / Slujba vosstanovleniya sistemi / System Restore.
  • Planshetli kompyuter kiritish xizmati / Slujba vvoda planshetnogo PK / Tablet PC Input Service.
  • TCP/IP orqali NetBIOS’ni ta’minlash moduli / Modul podderjki NetBIOS cherez TCP/IP / TCP/IP NetBIOS Helper.
  • Mavzular / Temi / Themes – agar siz Windows klassik mavzusini ishlatadigan bo‘lsangiz.
  • Windows xatolarini qayd etish xizmati / Slujba registratsii oshibok Windows / Windows Error Reporting Service.
  • Windows Media Center xizmatini ishga tushirish moduli / Modul zapuska slujbi Windows Media Center / Windows Media Center Service Launcher.
  • Windows qidiruv xizmati / Poisk Windows / Windows Search – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.

Windows XP

  • Ogohlantiruvchi / Opoveщatel / Alerter.
  • Kompyuterlar sharhlovchisi / Obozrevatel kompyuterov / Computer Browser – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • O‘zgargan aloqalarni kuzatuv kliyenti / Kliyent otslejivaniya izmenivshixsya svyazey / Distributed Link Tracking Client – agar kompyuter birorta tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa.
  • Indekslash xizmati / Slujba indeksirovaniya / Indexing Service – agar siz Windows qidiruv funksiyasidan foydalanmasangiz.
  • Internet brandmaueri (ICF) / Internetga umumiy ruxsat (ICS) / Brandmauer interneta (ICF) / Obщiy dostup k internetu (ICS) / Internet Connection Firewall / Internet Connection Sharing.
  • Xabarlar xizmati / Slujba soobщyeniy / Messenger.
  • Masofaviy reyestr / Udalyonniy reyestr / Remote Registry – bu xizmatni butkul o‘chirish mumkin.
  • Tizimga ikkilamchi kirish / Vtorichniy vxod v sistemu / Secondary Logon.
  • Server / Server / Server – agar kompyuter server sifatida ishlatilmasa.
  • Tizimni qayta tiklash xizmati / Slujba vosstanovleniya sistemi / System Restore.
  • TCP/IP orqali NetBIOS’ni ta’minlash moduli / Modul podderjki NetBIOS cherez TCP/IP / TCP/IP NetBIOS Helper.
  • Uzluksiz quvvatlantirish manbai / Istochnik bespereboynogo pitaniya / Uninterruptible Power Supply.
  • Yuklash dispetcheri / Dispetcher otgruzki / Upload Manager.
  • Simsiz sozlash / Besprovodnaya nastroyka / Wireless Zero Configuration.

Har ehtimolga qarshi, aynan qaysi xizmatlarni o‘chirganingizni va ularning avvalgi holatini biror joyda qayd etib qo‘ysangiz ham zarar qilmaydi – zarur payti yana avvalgi holiga qaytarib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!