Kompyuterning asab tolalariga ta’sirini kamaytirish

Kompyuterning asab tolalariga ta’sirini kamaytirish

Ko‘plab maktab o‘quvchilari va talabalar kompyuterda darslarni bajarishda uyqusiz tungacha monitor qarshisida o‘tirishadi. Buning sababi sifatida, vaqtning yetmasligini ko‘rsatishadi. Natijada bu asab tizimi va inson organizmiga ta’sir qiladi.

Kompyuter — bolalar va kattalarda o‘ziga xos nevrologik xastaliklarni qo‘zg‘atuvchi vositalar safiga kiradi. Bizning qaror kiluvchi miyamizga reallik va virtuallikni oxirigacha farklay bilish qiyin. Shuning uchun ham real xayotda sodir bulayotgan xodisalardan ko‘ra, virtual xayotdagi xodisalar miyamizga nojo‘ya ta’sir qiladi. Masalan, monitor qarshisida kompyuter o‘yinlarini yuklab olishni kutish natijasida, inson organizmida ortiqcha garmonlar, yurak urushining tezlanishi, qon bosimi oshishi va qand kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bu holatda bizning tanamiz, xuddi real xayotda ro‘y berayotgan xodisadek qabul qiladi.

Bundan tashqari kompyuterda ishlash stressga xam sabab bo‘lishi mumkin. Asosan dasturlar sekin ishlashi, veb sahifalarning sekin yuklanishi stressni keltirib chiqaradi. Bu esa xamkasblar xamda oilaviy munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda hotirjamlik bilan yondashishni bajarishdan ko‘ra aytish osonroq. Bu holat dasturchilar orasida ham kuzatiladi, dasturning noto‘g‘ri ishlashi yoki umuman ishlamasligi bunga sabab bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigan holat, dasturchi biror dasturni tuzib, ishlatib, boshqa joyga olib boradi, lekin u yerda ishlamaydi, ana keyin asab buzilishini ko‘ring. Bu dasturchilikni boshlovchilarda ko‘p kuzatiladi.

Asab buzilishi va stresslardan qochishning eng yaxshi usuli — bu uydagi va ofisdagi texnikalaringizning tartibli turishi va ularning joyini vaqti vaqti bilan almashtirib turishdir.

Axborot texnologiyasi sohasida, sodir bo‘ladigan asabbuzarlikdan qochish uchun, quyidagi maslahatlarni berishim mumkin:

1. O‘z vaqtida dastur va drayverlarni yangilab turing.

2. Texnikaning tozaligiga e’tibor qarating.

3. Internet sekin ishlasa, kompyuter qarshisida o‘tirib asabiylashgandan ko‘ra boshka internet provayderiga o‘zgartiring.

4. Internetda qidirilayotgan sahifa ochilgunga qadar, boshqa saxifalardagi yangiliklarni ko‘rib turing.

5. Imkon boricha kompyuterdan foydalanayotgan vaqtda ovqat iste’mol qilmang. Bunday vaziyatda ovqat yoki ichimlik kompyuterga to‘kilib, unda dog‘ qoldirishi mumkin.

6. Kompyuterda ishlashdan tashqari toza xavoda sayr qilib zavq oling.

7. Iloji boricha monitor qarshisida virtual do‘stlar orttirib, virtual muloqotdan ko‘ra jonli suxbat qiling.

8. Dasturchilarga maslahat, yozadigan dasturlash tilingizni yaxshilab o‘rganing, eng asosiysi asosini biling, shunda muammolar bo‘lmaydi, ishlatiladigan kutubxonalarga e’tiborli bo‘ling.

Manba: ITportal.Uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!