Kompaniya shu kungacha nima ishlar qildi? «O‘zbektelekom»ga savol bering!

Kompaniya shu kungacha nima ishlar qildi? «O‘zbektelekom»ga savol bering!

«O‘zbektelekom» tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu yerda Kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjumanga taklif etiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadi.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish va 2020 yilga kelib MDH davlatlari darajasigacha ko‘tarishdek topshiriqlarini bajarish bo‘yicha «O‘zbektelekom» AKning hisobotini taqdim etiladi.

O‘QING: RASMAN: 1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!