Kompyuterdagi fayllarni smartfonga Portal orqali ko‘chiramiz – kabelning umuman keragi yo‘q! (+video)

  •   DiMaX
  •  2899
  •  25.06.2018 17:40

Kompyuterdagi fayllarni smartfonga Portal orqali ko‘chiramiz – kabelning umuman keragi yo‘q! (+video)

Kompyuter va smartfon orasida fayl o‘tkazish kerak bo‘lsa, ko‘pincha USB-kabeldan foydalanamiz. Ammo ayrim hollarda turli sabablarga ko‘ra buning imkoni bo‘lmay qolishi mumkin – yoningizga kabel bo‘lmay qolishi, kompyuter yoki smartfonning porti ishlamay qolishi...

O‘QING: USB orqali ulangan telefon yoki planshetni kompyuter «ko‘rmay» qolsa nima qilish kerak?

Shunday paytlarda bizga simsiz texnologiyalar va zamonaviy servislar ko‘makka keladi. Bugun biz ko‘rib chiqadigan Portal ilovasi ham shular qatorida bo‘lib, uni Pushbullet servisi dasturchilari taqdim etishgan.

Aytish kerakki, Portal – universal ilova bo‘lib, uning Android uchun (bu yerda) hamda iOS uchun (mana bu yerda) ishlab chiqilgan ilovalari mavjud. Servisning kompyuter uchun yaratilgan kliyenti esa brauzerning o‘zidanoq ishlayveradi – o‘rnatish shart emas. Portal orqali kompyuterdan fayllarni smartfonga ko‘chirib olish uchun, avvalo, bu qurilmalarning ikkalasi ham bitta internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.

Buyog‘iga esa quyidagi amallarni bajarasiz:

  1. Kompyuterdagi brauzerda mana bu manzilni ochasiz: http://portal.pushbullet.com/. Shu yerda quyidagicha QR-kod ko‘zga tashlanadi:

  1. Smartfoningizda Portal ilovasini ochib, «Scan» tugmachasini bosasiz.
  2. Kompyuteringiz ekranidagi QR-kodni smartfon kamerasi yordamida «o‘qitib» – skanerlab olasiz.
  3. Tayyor! Kompyuteringizdagi brauzerda «Drag and drop» oynasi ochiladi. Smatfonga ko‘chirish kerak bo‘lgan fayllarni unga tashlasangiz bas – ular internet orqali kelib tushaveradi.

Mana, quyida shu jarayon aks ettirilgan videolavhani ko‘rib chiqamiz:

Ta’kidlash o‘rinliki, smartfoningizda Portal orqali qabul qilinadigan fayllarni saqlash joyini o‘zingiz belgilab qo‘yasiz. Keyingi gal fayllar o‘z-o‘zidan shu jildga kelib tushaveradi.

O‘QING: Mutaxassislar: smartfonlarni kompyuterlar USB-portlari orqali quvvatlash xavfsiz emas

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!