Koreyslar jahonda ilk bor rangli uch o‘lchamli gologrammani namoyish etdi

Koreyslar jahonda ilk bor rangli uch o‘lchamli gologrammani namoyish etdi

Telekommunikatsiya va elektronika sohasida izlanish olib boruvchi koreys olimlari dunyoda birinchi bo‘lib uch o‘lchamli rangli tasvir proyeksiyasi yaratilganini ma’lum qildi.

Olimlar tadqiqot natijasini videoda namoyish etdi. Eng birinchi bo‘lib Rubik kubigining uch o‘lchamli golografik tasviri qurildi.

Ob’yektga 20 gradusgacha diapazonda turli tarafdan qarab ko‘rsa bo‘ladi. gabarit korpusiga o‘rnatilgan lazerlar tizimi tasvirni translyasiya qilib beradi.

Hozirgacha mavjud texnologiyalar yassi ekranda stereoeffekt hosil qilish imkonini berar edi. Yangi uch o‘lchamli gologramma ixtirochilari (ular orasida LG Display va Yunam Optics mutaxassislari bor) Holo TV tijoriy versiyasi ustida ishlashga va’da berishdi. Beshinchi avlod mobil tarmog‘i vujudga kelishi bilan ushbu yangi texnologiyaga talab oshishiga ixtirochilar ishonch bildirmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.