Ko‘rinmas displeyli ilk «aqlli» soatlar

  •   Saroy
  •  1493
  •  11.07.2018 12:01

Ko‘rinmas displeyli ilk «aqlli» soatlar

Ko‘pchillik hali ham “aqlli” soatlardan foydalanmaydi, chunki ular klassik soatlardek ko‘rinmaydi. Mim X kompaniyasi ushbu muammoni o‘ziga xos tarzda hal etishga kirishdi. Ushbu qurilma “aqlli” funksiyasi ishga tushmagunicha  xuddi oddiy soatlarga o‘xshaydi. Ixtirochilar soatga shaffof displeyni yashirishga erishdilar, ular qurilma o‘chirilgan holatda turganda ko‘rinmaydi.

Siferblat yuzasidagi monoxromli displeyda vaqti-vaqti bilan foydali ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Bu kelayotgan qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va boshqa bildirgilar, egasining bosib o‘tgan qadami va sarf bo‘lgan kaloriyasi. Shuningdek, qo‘shimchasiga ekranda sayyoramizning boshqa hududlaridagi vaqtni ham bilish mumkin, kamerani ishga tushirish va “smartfonni topish” funksiyasi ham bor.

Mim X soatlarida yurak ritmini ko‘rsatuvchi datchiklar o‘rnatilgan, shuningdek qurilma silkinib, sizni kerakli vaqtda uyqudan uyg‘otishi ham mumkin.

O‘QING:LG’ning 13 noyabrdan sotila boshlangan aqlli soatida nosozlik aniqlandi

Mim X Active rezinali qayishi bilan 109  dollar turadi. Agar qayishi charmdan bo‘lsa yana 10 dollar qo‘shib tulashga to‘g‘ri keladi.  Metal bilaguzuk bilan esa yana 20 dollarga qimmat turadi. Yangi mahsulot shu yilning oktyabr oyida sotuvga chiariladi.

Loyiha IndieGoGo’da kompaniya tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgacha  qariyb 80 ming dollar to‘plangan, ya’ni dastlabki rejalardan 5 barobar ko‘p mablag‘ yig‘ildi. Demak,  loyihani amalga oshirish uchun mablag‘lar yetarli, gap endi tezroq ishga kirishishda.

O‘QING:iPhone 8 bilan bir vaqtda Apple Watch 3 ham namoyish etilishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!