Ko‘rish qobiliyatini tekshirish va yaxshilash uchun uchta bepul iOS-ilova

  •   DiMaX
  •  3413
  •  09.04.2018 15:30

Ko‘rish qobiliyatini tekshirish va yaxshilash uchun uchta bepul iOS-ilova

Turli gadjetlar hayotimizga kirib kelgan bugungi kunimizda vaqtimizning ko‘pgina qismini ekranga tikilish bilan o‘tkazamiz. Kompyuter yoki noutbuk bo‘ladimi, smartfon yoki planshetmi – barchasining displeyi ham haddan ziyod qo‘llanishda ko‘rish qobiliyatimizga salbiy ta’sir etishi tabiiy.

O‘QING: Apple asoschisi Moskvada: «Barcha ko‘zi ochiqlarni ko‘rga aylantiribmiz»

Lekin dasturchilar bizning salomatligimizni ham quyg‘urib, ko‘rish qobiliyatimizdagi o‘zgarishlarni qayd etuvchi hamda ko‘z salomatligini tiklashga ko‘maklashuvchi ilovalar ham ishlab chiqishgan. Bugun Apple mobil qurilmalari uchun ishlab chiqilgan ana shunday bepul dasturlaridan uchtasini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Ularda sizu biz yaxshi tushunadigan rus tili ham mavjudligi yana bir qulaylikdir.

1. Proverka zreniya HD

Ushbu ilova unchalik yangi bo‘lmasa-da, hamon dolzarbligini yo‘qotmagan. U ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarni boshlang‘ich bosqichidayoq aniqlash imkonini beradi. «Proverka zreniya HD» dasturidagi testlar jamlanmasi ko‘zdagi turli nuqsonlar – ranglarni qabul qilishning buzilishi, astigmatizm, daltonizm va boshqalarni o‘z vaqtida payqashingizda katta yordam beradi.

Bu ilovani iPhone yoki iPad’ingizga yuklab olish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.

O‘QING: Ko‘zga zarar yetmasligi uchun ekranni qanday sozlash kerak?

2. iKulist

Mazkur dastur katta yoshlilarning ham, bolalarning ham ko‘rish qobiliyatini tekshirishga mos keladi. Unda tegishli testlar har xil o‘yinlar tarzida taqdim etilgan. Axir, bolalikdan telefon va planshetlarda o‘ynab, televizor tomosha qilib ulg‘ayayotgan yosh avlod vakillarining salomatligi hammamiz uchun ham muhim-ku, to‘g‘rimi?

O‘QING: Nega bolaning gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklash kerak?

iKulist ilovasini iOS-devaysingizga ushbu havola orqali o‘rnatib olishni tavsiya etamiz.

3. Blimb

Ko‘z uchun mashqlarni jamlagan, ovoz va vibratsiyaga ham ega yana bitta soddagina ilova. U bilan shug‘ullanish ko‘p vaqtni olmaydi, ammo muntazamlik muhim. App Store’da juda yuqori baholanganligi ham bu dasturning ommabopligi va qulayligini ko‘rsatib turibdi.

«Olmali» devaysingizga Blimb dasturini mana bu havola orqali ko‘chirib o‘rnatish imkoni mavjud.

To‘g‘ri, bu ilovalarning hech biri oftalmolog o‘rnini bosa olmaydi, ammo unga murojaat etish kerakligi yoki shart emasligini aniqlab beradi.

O‘QING: Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!