Kun fotosi: Intel samoda 300 ta uchar dron yordamida o‘z logotipini hosil qildi

Kun fotosi: Intel samoda 300 ta uchar dron yordamida o‘z logotipini hosil qildi

Amerikancha futbol chempionatining final bosqichida Intel Shooting Star turkumidagi pilotsiz uchar appartalarning bir maromdagi parvozi namoyish qilindi, deb yozmoqda Intel Newsroom sayti.

Dronlar maxsus dastur tomonidan boshqarilgan va samoda teng harakat qilib, turli shakllarni, jumladan, AQSh bayrog‘i, Pepsi va Intel logotiplarini hosil qilishgan.

Intel Shooting Star uchar dronlari yirik formatdagi tadbirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Svetodiodli kvadrokoperlar tegishli yorug‘lik manbasi bilan jihozlangan, o‘zidan 4 milliardga yaqin rang jilolarini nurlantirish xususiyatiga ega. Dronlar belgilangan dastur asosida yorug‘lik rangini o‘zgartiradi.

Har bir dron samoda 20 daqiqagacha parvoz qila oladi, og‘irligi 280 gramm. Qurilmaning konstruksiyasi xavfsizlik choralaridan kelib chiqqan holda plastik va ko‘piklangan materialdan tayyorlangan. Barcha dronlar (300 ta) bitta kompyuter va bitta operator tomonidan boshqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!