Kun fotosi: Nokia’ning yangi Android smartfonlariga tegishli suratlar e’lon qilindi

Kun fotosi: Nokia’ning yangi Android smartfonlariga tegishli suratlar e’lon qilindi

Bugun insayderlar Nokia’ning Android dasturida ishlaydigan flagmani – Nokia P smartfoniga tegishli suratlarni tarmoqqa joylab, uning ba’zi texnik parametrlarini oshkor etishdi, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.Ru.

Nokia P modelining dizayniancha oddiy form-faktorda, afsonaviy fin kompaniyasining an’analarida ishlanganligi ko‘rinib turibdi. U eng so‘nggi Snapdragon 835 protsessorida ishlashi aytilmoqda. Smartfonga 6 GB tezkor xotira va aniqligi 23 MP bo‘lgan Zeiss firmasi tomonidan tayyorlangan optika o‘rnatiladi. Shuningdek, flagman Quad HD formatidagi ekranga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Nokia C1 modeliga tegishli surat ham e’lon qilingan. U anchayin innovatsion dizaynda yaratilganiga qaramay, birinchi smartfon bilan solishtirganda biroz oddiyroq texnik parametrlar bilan jihozlangan. Jumladan, Nokia C1 4 GB operativ xotira, 32/64/128 GB doimiy xotira, 12+16 MPli qo‘sh kamera va 3120 mA/soatli batareya bilan ta’minlanishi yozilmoqda.

Avval xabar berilganidek, Nokia 2017 yilning fevral oyida o‘tkaziladigan MWC 2017 ko‘rgazmasida Android platformasida ishlaydigan yangi smartfonlarni namoyish qilishni rejalashtirgan.