Kun raqami: Super Mario Run bir yarim oyda 78 million marta yuklab olindi

Kun raqami: Super Mario Run bir yarim oyda 78 million marta yuklab olindi

Nintendo kompaniyasi 2016 yilning 15 dekabr sanasida afsonaviy Super Mario Run o‘yinining iOS platformasiga mo‘ljallangan versiyasini chiqarganligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Kuni kecha Ferra nashrida berilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur o‘yin bir yarim oy davomida 78 million marta yuklab olingan. Shunga qaramay, foydalanuvchilarning faqat 5-10 foizigina boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni blokdan chiqarish uchun $9,99 to‘lashga rozi xolos. Biroq Nintendo to‘lov qobiliyatiga ega foydalanuvchilarning aniq miqdoriga aniqlik kiritmagan.

Nashrning xabar berishicha, o‘yinning Android operatsion tizimiga mo‘ljallangan ilovasi 2017 yilning mart oyida chiqarilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!