Kuni kecha taqdim etilgan Samsung Galaxy A6 va A6+ narxlari ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  10358
  •  03.05.2018 11:16

Kuni kecha taqdim etilgan Samsung Galaxy A6 va A6+ narxlari ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasi kuni kecha o‘zining Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarini taqdim etgan, ammo bunda ularning narxlarini aytmagan edi. Endi esa ushbu ikki qurilmaning narxi ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Nihoyat, Samsung romsiz Galaxy A6 va A6+ smartfonlarini rasman taqdim etdi

Xabarlarga ko‘ra, Yevropa bozorlarida Galaxy A6 modeli uchun 310 yevro, Galaxy A6+ uchun esa 370 yevro miqdorida narx belgilangan. Bu narxlar har ikkala smartfonning kichkina – 3 gigabaytlik tezkor xotiraga ega talqinlariga tegishli. Ularning katta «operativka»li talqinlari uchun esa tegishlicha 330 hamda 390 yevro so‘rashyapti.

Yevropadagi onlayn do‘konlar ushbu smartfonlar uchun buyurtma olishni boshlashgan, tovarni yetkazib berish esa yaqin uch-to‘rt hafta ichida boshlanadi. O‘zbekistonga Galaxy A6 hamda A6+ modellari qachon yetib kelishi va qanday narxda sotilishi hozircha noma’lum. Biroq janubiy koreyalik texnogigantning oldingi modellardagi bir qator smartfonlariga yurtimizning istalgan joyidan rasmiy buyurtma berish imkoni mavjud.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)