Kutib oling – Honor 70 Pro va 70 Pro+

Kutib oling – Honor 70 Pro va 70 Pro+

Honor 70 seriyasi rasman taqdim etildi. Ushbu seriya Honor 70, 70 Pro va 70 Pro+ modellaridan tashkil topgan. Honor 70 Pro va 70 Pro+ modellari ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshaydi. Farqlar esa asosan ularning chipsetlarida. Ikki qurilmaga ham MediaTek Dimensity chipi o‘rnatilgan. Oddiy Honor 70 esa flagman sinfiga mansub emas. 

Honor 70 Pro+ 

Ushbu smartfon 4 nanometrli jarayon asosida yaratilgan Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, unda bitta Cortex-X2 (3.05 gigagerts), uchta A710, to‘rtta A510 yadroli hamda Mali-G710 MC10 grafik protsessor hamda yangi sub-6GHz 5G modem joylashgan.

Qurilmaga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.7 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan. Ushbu displey asosan Huawei tomonidan ishlab chiqilgan «HDR Vivid» formatidan foydalanadigan videoni namoyish qilishi mumkin. 

Uchala modelga ham Sony kompaniyasining yangi IMX800 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 54 megapiksel, piksel kattaligi esa 1.0 mikronni tashkil qiladi. Shuningdek, u f/1.9 diafragmadagi linza bilan jihozlangan. 

Asosiy kamera yonidan makro vazifasini ham bajaruvchi 50MP ultrakeng kamera ham joy olgan. Pro va Pro+ modellari esa 3x optik hamda 30x raqamli zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP telefoto kameraga ham ega. Old panelda esa 50MP selfi kamera joylashgan. 

Honor 70 seriyasida Vlog rejimi mavjud bo‘lib, u ob’yektlarni kadrda ushlab turish uchun sun’iy intellekt va kameralarning VoF funksiyasidan foydalanadi. Smartfon bir vaqtning o‘zida selfi hamda orqa kameralar orqali video yozib olishi mumkin. 

Honor, shuningdek, qurilmaning quvvatlanish tezligini ham yaxshiladi. Endi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorni 100 vattda quvvatlash mumkin. To‘liq quvvat olish uchun smartfon 30 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Honor 70 Pro modeli 16 iyundan sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha: 

8/256GB - 645 dollar

22/256GB - 690 dollar

Honor 70 Pro 

Honor 70 Pro ko‘p jihatdan Pro+ modeliga o‘xshab ketadi. Aniqroq qilib aytganda, ikki qurilmaning displey, akkumulyator va kamera taxnik ko‘rsatkichlari bir xil. Faqatgina ularga ikki xil chip o‘rnatilgan. 

Ushbu model Dimensity 8000 chipidan ishlaydi. Chip 5 nanometrli jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, Cortex-A78 va A55 yadrolari hamda Mali-G610 MC6  garfik protsessoriga ega. 

Qiziq tomoni shundaki, Pro modelining 512GB xotiraga ega turi mavjud. Demak, smartfonning narxi quyidagicha:

8/256GB - 555 dollar

12/256GB - 600 dollar

12/512GB - 660 dollar 

Smartfon 20 iyundan sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Monster batareya hajmiga ega o‘lmas smartfon! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!