Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

  •   DiMaX
  •  4974
  •  27.11.2017 12:13

Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

Bugungi kungacha Samsung’ning 2018 yilgi namunadagi Galaxy A3, Galaxy A5 hamda Galaxy A7 smartfonlari haqida xabarlar tarqalib kelayotgandi. Ammo koreyalik texnogigant Galaxy A8 (2018) modelini ham tayyorlayotgani kuni kecha ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi GizChina.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

Hech kim kutmagan bu smartfon mazkur turkumdagi eng ilg‘or qurilma bo‘ladi. Bundan tashqari, unga joriy etiladigan ayrim xususiyatlarga hatto Galaxy S8 hamda Galaxy Note 8 flagmanlarining egalari ham havas qilishlari aniq.

Manbaning ma’lumotiga qaraganda, Samsung Galaxy A turkumidagi boshqa modellardan farqli ravishda, Galaxy A8 (2018) devaysining old tarafi bir xil – faqat qora rangda bo‘ladi. Korpusining orqa qopqog‘i esa turli ranglarda ishlab chiqariladi.

O‘QING: Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

Galaxy A8 (2018)ning romsiz AMOLED-ekrani old panelni butkul egallab oladi. Biroq uning eng asosiy «fishka»si bu ham emas, balki old kamerasining qo‘sh modulli ekanligidir. Qo‘sh sensorli old kamera hatto selfilarda ham orqa fonini xiralashtirib suratga tushira oladi. Ammo bu ham hali hammasi emas...

Xabarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy A8 (2018) modeliga, xuddi iPhone X’dagi singari yuz skanerini qo‘shmoqchi. Aftidan, bunga qo‘shaloq modulli old kamera orqali erishiladi – ular birgalikda smartfon egasi yuzining biometrik ma’lumotlari asosida uning 3D-modelini yarata oladi. Hozirda bu xususiyat koreyalik texnogigantning birorta smartfonida, hattoki flagmanlarida ham yo‘qligini inobatga olsak, 2018 yilgi Galaxy A8 qanchalik ilg‘or qurilma ekanligi yanada oydinlashadi.

O‘QING: Samsung yana raqiblarining orqasiga pichoq urdi

Galaxy A8 (2018) ekrani ostida barmoq izi skaneri yo‘qligiga qaraganda, u korpusning shishadan ishlanishi taxmin qilinayotgan orqa paneliga ko‘chirilgan. O‘rta narx toifasidagi mutlaqo yangi model bo‘lgan ushbu qurilmaning texnik xususiyatlari va narxi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Bizdan uzoqlashmang – bu borada ma’lumotlar chiqishi bilan boxabar etamiz.

O‘QING: Galaxy J7 (2017) rekord darajada arzonlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.