L’oreal va Nokia hamkorlikda aqlli taroq yaratdi

L’oreal va Nokia hamkorlikda aqlli taroq yaratdi

L’oreal brendi 5-8 yanvar kunlari o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida Kerastase Hair Coach nomli aqlli taroqni namoyish qiladi, deb xabar tarqatmoqda Ferra sayti.

Gadjet o‘tgan yili Nokia Technologies tomonidan xarid qilingan Withings kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.  Withings firmasi fitnes va salomatlik uchun mo‘ljallangan qurilmalar ishlab chiqarish bilan yaxshi tanilgan. Yangi taroq foydalanuvchilarni sochni to‘g‘ri tarashga o‘rgatishga xizmat qiladi. Buning uchun taroqda bir qator sensorlar va giroskop ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlar mahalliy ob-havo tafsilotlari bilan mobil ilovaga uzatiladi va shu asosda foydalanuvchiga sochni tarash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tavsiyalar orasida L’Oreal mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha takliflar ham taqdim etiladi.

Taroq 2017 yilning o‘rtalarida 200 dollar narxida sotuvga chiqishi ma’lum qilingan.