Lavie – Lenovo’dan aqlli ko‘zgu

Lavie – Lenovo’dan aqlli ko‘zgu

Yaponiyada o‘tkazilgan CEATEC JAPAN 2016 ko‘rgazmasida Xitoyning Lenovo kompaniyasi Lavie nomli smart-ko‘zguni namoyish etdi. Aslida smart-qo‘zguni yaratish g‘oyasi bundan ancha vaqt oldin paydo bo‘lgan edi. Gadjetga Intel RealSense kamerasi o‘rnatilgan. Aqlli ko‘zgu vaqt, sana, yangiliklar, kalendar, ob-havo va boshqa foydali ma’lumotlarni aks ettira oladi.

Biroq Intel RealSense kamerasi yordamida ko‘zguda aks ettiriladigan axborotlar uning oldida turgan shaxsga qarab o‘zgarishi mumkin.

lenovolavieoct6-775x437

Misol uchun, bir kishiga oyna vaqt va yangiliklarni ko‘rsatsa, boshqasiga eslatma va kalendar ma’lumotlarini aks ettiradi. Ko‘zgu oldidagi foydalanuvchini aniqlash Intel RealSense kamerasi orqali bajariladi.

Hozircha yangi gadjetning sotuvi qachon boshlanishi va narxi haqida xabar berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!